Daryo

Britaniya bosh vazirini epidemiya xavfidan ogohlantirgan shifokorning o‘zi koronavirusdan vafot etdi

Ta’kidlanishicha, 53 yoshli urolog Abdul Mabud Choudxari 15 kun shifoxonada yotib, vafot etgan

1 daqiqa o‘qish116 278 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: The Mirror

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonni koronavirus xavfidan ogohlantirgan shifokor koronavirusdan vafot etdi, deb xabar beradi The Mirror.

Foto: The Mirror

Ta’kidlanishicha, 53 yoshli urolog Abdul Mabud Choudxari 15 kun shifoxonada yotib, vafot etgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ikki farzandning otasi bo‘lgan shifokorda koronavirus aniqlangan.

18-mart kuni Choudxari Boris Jonsonga murojaat yo‘llab, uni mamlakatdagi tibbiyot xodimlarining har birini koronavirusdan himoyalovchi vositalar bilan ta’minlashga chaqirgan.

Avvalroq COVID-19 koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan Jonsonning o‘zi reanimatsiyaga joylashtirilgani haqida xabar berilgandi. 8-aprel kuni Britaniya bosh vazirining ahvoli yaxshilangan: u o‘tirib, muloqot qilishni boshlagan.

Mavzuga doir: “Biz buni yengib o‘tamiz”. Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II koronavirus sabab telemurojaat yo‘lladi

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Britaniyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 61 mingdan oshgan, 7,1 ming odam vafot etgan.
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar