Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahridan Surxondaryo viloyatiga yuk mashinasida kelgan 8 nafar fuqaro karantinga olindi. Bu haqda Surxondaryo IIB axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

Joriy yilning 3-aprel kuni soat 11:30 da Termiz shahridagi patrul-postda to‘xtatilgan yuk avtomobilida 8 nafar yo‘lovchi borligi ma’lum bo‘lgan.

Foto: Surxondaryo IIB

Foto: Surxondaryo IIB

Yo‘lovchilarning aytishicha, ular Toshkent shahridan Surxondaryo viloyatining Termiz shahriga yo‘l olgan Isuzu haydovchisi bilan kelishib, 50 ming so‘m evaziga manziliga yetib kelgan.

Foto: Surxondaryo IIB

Foto: Surxondaryo IIB

Holat yuzasidan Termiz shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi surishtiruv ishlarini boshlab yuborgan. 8 nafar yo‘lovchiga nisbatan esa ma’muriy bayonnomalar tuzilib, ular viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga karantinga olingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Afg‘on xalqining sabri bilan o‘ynashmang” — “Tolibon” qo‘mondonlaridan biri Eronni bosib olish bilan tahdid qildi  
Dunyo
Xitoyda qayta avj olishi kutilayotgan kovid, 3-marta saylangan Erdo‘g‘on, bir oydan beri namoyish o‘tkazayotgan hind sportchilari — 29-may suratlari
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi oshdi