Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Aktyor va rejissor Sohib Abbosxon “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad hamda aktyor va prodyuser Habibulla Nizomov tashkillashtirdi.

Sohib Abbosxon suhbat davomida festival uchun film ishlayman deb, O‘zbekistondagi real hayotni noto‘g‘ri ko‘rsatayotgan kinochilarni xalqqa xiyonat qilishda aybladi.

Tasavvur qiling, siz non yopib, bozorga olib chiqdingiz, nonni birov bir pulga olmasa, u nonning nima keragi bor? Davlatning pulini sovurib, qanaqadir bir festivalga boramiz deb, O‘zbekistonning tomi yo‘q uylarini ko‘rsatib, eshigining orasida tirqishi bor, ochsangiz g‘iyq-g‘iyq qilib qoladigan uylarni uzoq kadrlarda ushlab turadigan filmlar olishadi. Chet elliklar bu filmlarni ko‘rganda ‘tomlaringizni qachon shefir qilasizlar, sizlar ham ko‘chalaringizni asfalt qilinglar, bir tuzukroq imorat qurmaysizlarmi?’, deyishadi. Nima keragi bor bu filmlarning, san’atmi shu, O‘zbekistondagi real hayotni ko‘rsatishmaydimi ular?

To‘ylarda boshlovchilik qilganimni ko‘pchilik biladi. Yigirma besh yildan ortiq boshlovchilik qilgan paytlarimda yurtimizda bormagan joyim qolmagan. Shunchalik ko‘p joylarga borganmanki, lekin shunaqa xarob joyni ko‘rmaganman. Bunday film ishlaydigan kinochilarni xalqning puliga xiyonat qilgan odamlar, deb bilaman. Chunki ular xalqning pulini olib kino ishlashadi, ammo u filmni hech kim ko‘rmaydi.

Bir festivalda mukofot berishganida ‘Rossiyaning uzoq qishloqlaridan kelib, zo‘r kino olishibdi’, deb rahmi kelib mukofot berishganini ham ko‘rganman.

Sohib Abbosxon, aktyor va rejissor

Ma’lumot uchun, Sohib Abbosxon o‘zbek kino muxlislari orasida “Zanjir”, “Nahotki sen”, “Ajal so‘qmog‘i” kabi bir qancha film va seriallardagi bosh rollari bilan mashhurlikka erishgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Genotsidda gumonlanayotgan erkak, sohilga chiqib qolgan o‘lik akula, Rossiya kuniga tayyorgarlik — 9-iyun suratlari 
Qozog‘iston
Qozog‘istonda yirik o‘rmon yong‘ini: 3 kishi halok bo‘ldi, To‘qayev yong‘in zonasiga boradi (video)
Dunyo
Medvedev AQSHning boshqa mamlakatlardagi harbiy amaliyotlarini sanab o‘tdi va Oq uyni “jim bo‘lishga” chaqirdi