Daryo

2020-yilning bahori va yozida urfga kiradigan ko‘ylaklar (foto)

Ko‘ylaklar bilan turli nafis obrazlar yaratish mumkin

2 daqiqa o‘qish133 190 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Vogue

Ko‘ylaklar har bir ayol garderobining ajralmas qismi. Ular ayolning go‘zalligini yanada orttiradi. Ko‘ylaklar bilan turli nafis obrazlar yaratish mumkin.

Foto: Vogue

Psixologlarning ma’lumotlariga ko‘ra, erkaklar ko‘ylak kiygan ayollarni yoqtiradi. Ko‘ylaklar hech qachon modadan qolmaydi. Quyida bahor-yoz mavsumida qanday ko‘ylaklar urfga kirishi haqida so‘z yuritiladi.

“Zapaxli” ko‘ylaklar. Bunday ko‘ylaklar uzunmi, kaltami, hech qachon urfdan qolmaydi. Uning eng muhim afzalligi bunday ko‘ylak tana tuzilishidan qat’i nazar hammaga yarashadi. “Zapaxli” ko‘ylaklarni uchrashuvga, sayr qilishga yoki ishga ham kiyib borsa bo‘ladi.

Foto: Vogue
Foto: Vogue
Foto: Vogue

Qimmat matolardan tikilgan ko‘ylaklar. Ko‘ylakning chiroyli ko‘rinishi uning qanchalik sifatli va qimmatbaho matodan tikilganiga ham bog‘liq. Ko‘ylak uchun sotib olayotgan matodan pulingizni ayamang, shunda u sizga uzoq muddat xizmat qiladi hamda ustingizda chiroyli ko‘rinadi.

Foto: Vogue
Foto: Vogue

Qora ko‘ylak. Taniqli dizaynerlardan birining “Har bir ayolning garderobida kalta qora ko‘ylak bo‘lishi kerak” degan gapi hozirga qadar o‘zining ahamiyatini yo‘qotmagan. Qora rangli ko‘ylakni istalgan vaziyatda kiysa bo‘ladi, u doim urfda bo‘ladi. Uni ishga, sayrga, bayramga kiyaverasiz. Qora rang esa sizni ozg‘in qilib ham ko‘rsatadi.

Foto: Vogue
Foto: Vogue

Charm. Charmdan tikilgan ko‘ylaklar ushbu bahor mavsumida urfga kirdi. Bunday ko‘ylaklarning tizzadan sal tushib turadigan uzunroq variantini tanlagan ma’qul. Ko‘ylak tanlayotganda mato sifatiga albatta e’tibor bering. Charm ko‘ylak har qanday tana tuzilishidagi ayolga yarashadi. Uning yagona kamchiligi kunlar isib ketganidan keyin kiya olmasligingiz. Charm ko‘ylaklar bahor va kuzgi salqin havoda ayni muddao.

Foto: Vogue
Foto: Vogue
Foto: Vogue
Foto: Vogue

Yaltiroq matodan tikilgan oqshom liboslari. Bunday ko‘ylaklar ham hech qachon urfdan qolmaydi. Ularni tanlashda tana tuzilishiga mosini xarid qilish kerak.

Foto: Vogue
Foto: Vogue
Foto: Vogue
Umuman olganda did bilan tanlangan har qanday ko‘ylak ayollarga yarashadi. Ko‘ylak tanlayotganda u tananing kamchiliklarini yashirib, ko‘rkingizga ko‘rk qo‘shishiga e’tibor berish zarur.

Mavzuga doir: Moda o‘zgaradi uslub emas. Urfdan qolmaydigan 10 kiyim-kechak

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar