Daryo

Isroil koronavirusga qarshi antiterror texnologiyalardan foydalanadi

“Biz bunday imkoniyatga ega kam sonli davlatlardan birimiz va biz buni ishga solamiz”, — deydi mamlakat bosh vaziri

1 daqiqa o‘qish95 716 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Jerusalim Post

Isroil antiterror texnologiyalari yordamida koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish niyatini bildirdi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning so‘zlariga asoslanib “RBK” xabar berdi.

Foto: Jerusalim Post

“Biz bunday imkoniyatga ega kam sonli davlatlardan birimiz va biz buni ishga solamiz. Hukumat va fuqarolar kasallikni yuqtirmaslik uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilishimiz kerak”, — deydi Isroil bosh vaziri.

Shuningdek, u shaxsiy gigiyenaga rioya qilish muhimligini ham eslatib o‘tdi.

Virus tarqalishi ortidan Isroil hukumati oziq-ovqat do‘konlaridan tashqari barcha qolgan do‘konlar, kafelar, restoranlar, sport klublarini yopish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Dorixonalar esa odatdagi tartibda ishlayveradi.

Ma’lumot uchun, Isroil hukumati 12-martdan e’tiboran mamlakatga xorijdan keluvchi barcha fuqarolar 14 kun davomida karantinda saqlanishini ma’lum qildi.

Mavzuga doir: Isroil hukumati mamlakatga kiruvchi barchani karantinga joylashtirish bo‘yicha qaror qabul qildi

Dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 145 mingga yetdi. 5400 dan ortiq odam vafot etdi. Xitoyda koronavirus pandemiyasining cho‘qqisi ortda qoldi. Mamlakatdagi iqtisodiy faollik qayta tiklanmoqda.

15-mart, yakshanba kuni, O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanish holati qayd etildi. Bemor Fransiyadan kelgan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar