Shveysariyaning soat ishlab chiqaruvchi Zenith va Kubaning sigara ishlab chiqaruvchi Habanos kompaniyalari hamkorlikda Elite Moonphase juft soatlarini taqdim qildi. Yangi model ilk bor Dubayda bo‘lib o‘tgan LVMH soatlar haftaligida namoyish qilingan.

Foto: Watch by

People Talk nashrning yozishicha, yangilangan Elite kolleksiyasidan o‘rin olgan modellarni yaratilishida Romeo va Juliyetta sevgi tarixidan ilhomlanilgan. Shekspirning mazkur tragediyasida ikki yoshning tun qismida uchrashgan sahnasi bor va shunga muvofiq, soat siferblatiga go‘​yo oy shulasi aks etganidek ishlov berilgan.

Foto: Watch by

Romeo — erkaklar uchun mo‘ljallangan soat ko‘k rangda bo‘lib, korpusi 40,5 millimetrni tashkil qiladi.

Foto: Watch by

Juliyetta — ayollarniki qizil rangda bo‘lib, korpus​i 36 millimetr, soat​ chetidagi bizel brilliant bilan qoplangan. Model logotipida Romeo va Juliyettaning suratini ko‘rish mumkin.