Hisor davlat qo‘riqxonasining ilmiy xodimlari 17—20-mart kunlari qo‘riqxonaning Tanxozdaryo bo‘limi hududida bo‘lib, o‘simliklar, hayvonlar va tabiatdagi o‘zgarishlar yuzasidan ilmiy kuzatish ishlarini olib bordi. Bu haqda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati

Kuzatish ishlari davomida Kurkurak, Novterak, Sarituz, Gandagarim, Qashqabuloq, Quralay va Takalik soylarida qoplon izlari va 3 ta qoplon axlatlari genetik tahlil uchun yig‘ib olingan.

Qo‘riqxonada o‘rnatilgan yashirin kameralar 20-mart kuni Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi va O‘zbekiston “Qizil kitob”iga kiritilgan qor qoploni, Turkiston silovsini va oddiy tur bo‘lgan Sibir tog‘ echkilarini kamera obyektiviga muhrladi.​