Daryo

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 50 nafarga yetdi

Infeksiya xorijda bo‘lib qaytgan bemor bilan muloqotda bo‘lgan yana bir fuqaroda aniqlangan

1 daqiqa o‘qish339 774 ko‘rishlar0 izoh0

Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 50 nafarni tashkil etmoqda. “Ushbu infeksiya xorijda bo‘lib qaytgan bemor bilan muloqotda bo‘lgan yana bir fuqaroda aniqlangan”, – deyiladi vazirlik axborotida.

Avvalroq, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan shaxslar soni 49 nafarga yetgani, infeksiya Rossiyada bo‘lib qaytgan ikki fuqaro va Turkiyada bo‘lib qaytgan bemorning turmush o‘rtog‘ida aniqlangani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov 24-mart kuni AOKAda tashkil etilgan shtabda o‘tkazilgan brifing chog‘ida O‘zbekistonda koronavirusga chalingani qayd etilgan birinchi bemor Fransiyadan qaytgach uyida 35 kishilik bayram uyushtirgani hamda  kasallikning tarqalish zanjirini ma’lum qildi.

Mavzuga doir: Rezonans: Koronavirus O‘zbekistonda? Uni qachon yengamiz?

Eslatib o‘tamiz, 24-martdan O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy etildi, dehqon bozorlaridan tashqari barcha bozorlarning faoliyati to‘xtatildi.
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar