Daryo

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 46 nafarga yetdi

“Xorijda bo‘lib qaytgan yana bir fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlandi”, — deyiladi vazirlik axborotida. Fuqaro aynan qayerdan, qachon, necha kishi bilan birga qaytganiga aniqlik kiritilmagan

1 daqiqa o‘qish323 554 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan shaxslar soni 46 nafarga yetdi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

“Xorijda bo‘lib qaytgan yana bir fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlandi”, — deyiladi vazirlik axborotida. Fuqaro aynan qayerdan, qachon, necha kishi bilan birga qaytganiga aniqlik kiritilmagan.

Avvalroq O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 45 nafarga yetgani haqida xabar berilgan edi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar