24-fevral, dushanba kuni dunyoning turli burchaklarida olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.

Tegu, Janubiy Koreya

Shifoxona tashqarisida hordiq chiqarayotgan tibbiyot xodimi.

Foto: Reuters

Port-o-Prens, Gaiti

Gaiti poytaxtida bo‘layotgan tartibsizliklar tufayli mamlakatda o‘tkaziladigan karnaval bekor qilindi.

Foto: Reuters

G‘azo sektori

Isroil tomonidan G‘azo sektoriga berilgan zarbadan keyingi olov va tutun uzoqdan ko‘rinmoqda.

Foto: Reuters

Ahmadobod, Hindiston

Sardor Patel stadionida Donald Tramp chiqish qilayotgan paytda xavfsizlikni ta’minlayotgan AQSh maxfiy xizmati va Hindiston maxsus himoya guruhi a’zolari.

Foto: AFP

Milan, Italiya

“San-Siro” stadioni oldidagi “Inter” muxlisi. Koronavirus tufayli futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasi doirasidagi bir nechta o‘yin qoldirildi.

Foto: Reuters

Moskva, Rossiya

Vladimir Putin Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Noma’lum askar poyiga gul qo‘yish marosimida.

Foto: Reuters

Taltuna, Suriya

Yerosti boshpanasidagi suriyalik oila. Bu yerda Aleppo va Idlibdan ko‘chirilgan bir necha oila yashamoqda.

Foto: AFP

Nyu-Deli, Hindiston

Fuqarolik bo‘yicha yangi qonun tarafdori qonunga qarshilar tomon tosh otmoqda.

Foto: Reuters

Italiya

Italiyaning 12 ta shahrida koronavirus tufayli karantin e’lon qilindi.

Foto: EPA

Vinya-del-Mar, Chili

Hukumatga qarshi namoyishlar davom etmoqda.

Foto: Reuters

Seul, Janubiy Koreya

Koronavirusdan himoyalanish uchun niqob taqib olgan ayol ko‘zgular oldidan o‘tmoqda.

Foto: Reuters

Agra, Hindiston

AQSh prezidenti Donald Tramp rafiqasi Melaniya bilan birga Toj Mahal yodgorligini ziyorat qildi.

Foto: Reuters

London, Angliya

Wikileaks asoschisi Julian Assanjning AQShga ekstraditsiya qilish masalasi bo‘yicha sud boshlandi.

Foto: Reuters

Fahahil, Kuvayt

Maxsus xizmat xodimi Erondan evakuatsiya qilingan fuqarolar karantinga joylashtirilgan mehmonxonani qo‘riqlamoqda.

Foto: Reuters

Olmaota, Qozog‘iston

Hukumatga qarshi namoyish ishtirokchisi politsiya tomonidan qo‘lga olindi.

Foto: Reuters

Rio-de-Janeyro, Braziliya

Viraduro samba maktabi ishtirokchilarining karnavaldagi chiqishi.

Foto: Reuters

Folkmarzen, Germaniya

Karnaval vaqtida yengil mashina odamlarni bosib ketishi oqibatida 30 dan ortiq odam jarohatlandi. Haydovchi qo‘lga olindi.

Foto: EPA

Tikipaya, Boliviya

Ko‘ngillilar toshqinlarga sabab bo‘lgan kuchli yomg‘irdan keyin odamlarning shaxsiy buyumlarini ko‘chirishga yordam bermoqda.

Foto: Reuters

Milan, Italiya

Jorjio Armani koronavirus sababli modalar namoyishini bekor qildi.

Foto: Reuters

Najaf, Iroq

Hukumatga qarshi namoyish o‘tkazayotgan iroqliklar koronavirusdan himoyalanish uchun niqob taqib olgan. Iroqda birinchi marta koronavirus bilan kasallanish holati eronlik talabada qayd etildi.

Foto: Reuters