Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh prezidenti Donald Tramp 24-fevral, dushanba kuni Hindistonga tashrif buyurdi. Tashrif davomida unga mamlakatning birinchi xonimi Melaniya Tramp va 12 kishidan iborat rasmiy delegatsiya hamrohlik qiladi. Ular orasida Oq uy maslahatchilari hisoblangan Trampning qizi Ivanka va kuyovi Jared Kushner ham bor.

Bu AQSh prezidentlari uchun oxirgi besh yildagi Hindistonga birinchi tashrif bo‘ladi. 24-fevral kuni Tramp Ahmadobod shahriga tashrif buyuradi va Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan birga respublikadagi eng katta kriket arenasida nutq qiladi. Stadionga borish yo‘lida ularni 7 million odam qarshi olishi aytilmoqda. AQSh prezidentining korteji yo‘li bo‘ylab folklor jamoalari chiqish qiladi.

Shu kuni Tramp rafiqasi bilan Toj Mahal yodgorligi joylashgan Agra shahriga tashrif buyuradi. 25-fevral kuni Nyu-Delida ikki tomonlama muzokaralar o‘tkaziladi, shuningdek Hindiston prezidenti Ram Natx Kovind bilan uchrashuv belgilangan. Kechqurun prezident saroyida kechki ovqat rejalashtirilgan.

Ahmadoboddagi “Namaste Tramp” yozuvi oldida suratga tushayotgan qizlar.

Ahmadoboddagi “Namaste Tramp” yozuvi oldida suratga tushayotgan qizlar.
Foto: Reuters

Trampning tashrifi arafasida Ahmadoboddagi xarobalar devorlar bilan to‘sib qo‘yilmoqda.

Trampning tashrifi arafasida Ahmadoboddagi xarobalar devorlar bilan to‘sib qo‘yilmoqda.
Foto: AP Photo

Xarobalarni to‘sib qo‘ygan devorlarga Tramp va Modining suratlari chizildi.

Xarobalarni to‘sib qo‘ygan devorlarga Tramp va Modining suratlari chizildi.
Foto: Reuters

Tramp va Modi o‘tadigan yo‘l.

Tramp va Modi o‘tadigan yo‘l.
Foto: Reuters

Foto: AFP

Xavfsizlik xizmati xodimlari Ahmadoboddagi yo‘lni nazorat qilmoqda.

Xavfsizlik xizmati xodimlari Ahmadoboddagi yo‘lni nazorat qilmoqda.
Foto: Reuters

Ahmadoboddagi yo‘l fumigatsiya qilinmoqda.

Ahmadoboddagi yo‘l fumigatsiya qilinmoqda.
Foto: Reuters

Raqqoslarning repetitsiyasi.

Raqqoslarning repetitsiyasi.
Foto: Reuters

Politsiyachilar Gandi Ashramidagi xavfsizlik choralari bilan tanishmoqda.

Politsiyachilar Gandi Ashramidagi xavfsizlik choralari bilan tanishmoqda.
Foto: Reuters

Gandi Ashrami poli tozalanmoqda.

Gandi Ashrami poli tozalanmoqda.
Foto: Reuters

Foto: Reuters

Mumbayda talabalar Donald va Melaniya Tramplarning suratini chizmoqda.

Mumbayda talabalar Donald va Melaniya Tramplarning suratini chizmoqda.
Foto: Getty Images

Foto: Reuters

Tuya mingan chegarachilar repetitsiyasi.

Tuya mingan chegarachilar repetitsiyasi.
Foto: Reuters

Sabarmati daryosi qirg‘og‘idagi odamlar.

Sabarmati daryosi qirg‘og‘idagi odamlar.
Foto: Reuters

Donald Tramp chiqish qiladigan Sardor Patel nomidagi stadionni qo‘riqlayotgan xavfsizlik xizmati xodimlari.

Donald Tramp chiqish qiladigan Sardor Patel nomidagi stadionni qo‘riqlayotgan xavfsizlik xizmati xodimlari.
Foto: Reuters

Bomba izlovchi politsiya iti stadionni tekshirmoqda.

Bomba izlovchi politsiya iti stadionni tekshirmoqda.
Foto: Reuters

Toj Mahal yodgorligining orqa tomoni.

Toj Mahal yodgorligining orqa tomoni.
Foto: Reuters

Tramp o‘z rafiqasi bilan tashrif buyurishi rejalashtirilgan Toj Mahal yodgorligi.

Tramp o‘z rafiqasi bilan tashrif buyurishi rejalashtirilgan Toj Mahal yodgorligi.
Foto: Reuters

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Afg‘on xalqining sabri bilan o‘ynashmang” — “Tolibon” qo‘mondonlaridan biri Eronni bosib olish bilan tahdid qildi  
Dunyo
Xitoyda qayta avj olishi kutilayotgan kovid, 3-marta saylangan Erdo‘g‘on, bir oydan beri namoyish o‘tkazayotgan hind sportchilari — 29-may suratlari
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi oshdi