AQSh prezidenti Donald Tramp “Tolibon” jangarilari bilan bitim tuzishga umid qilayotganini bildirdi, chunki tomonlar nizolardan charchagan va tinchlikni istashmoqda, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Foto: Reuters

“Biz Afg‘onistonda 19 yildan beri bormiz. O‘ylashimizcha, ular kelishuv istamoqda. Biz ham buni xohlaymiz. Fikrimcha, bu ish bera boshladi. Ular jangdan charchadi. Kelishuv bitimi ostida o‘z imzomni qo‘ygan bo‘lardim”, — deydi Tramp.

AQSh davlat departamentining Maykl Pompeoga tayanib ma’lum qilishicha, AQSh “Tolibon” harakati bilan 29-fevral kuni tinchlik bitimini imzolashga tayyorlanmoqda. Avvalroq AQSh jangarilar bilan Afg‘onistondan jangovar harakatlarni yetti kunga to‘xtatish masalasini muhokama qilgandi. Ushbu muddat ichida “Tolibon” portlashlar va raketa hujumlarini amalga oshirmaslikka va’da bergan. “Tolibon” harakati vakillari zo‘ravonlikni to‘xtatish haqidagi kelishuvni buzsa, AQSh Afg‘oniston hukumatiga harbiy ko‘mak ko‘rsatadi.

2019-yilning sentabrida AQSh prezidenti Donald Tramp “Tolibon” harakati bilan kelishuvning imkoniyatlarini “o‘lik” deb baholagan edi. Vashington “Tolibon” harakati bilan muzokaralar qayta boshlashi mumkinligini 22-noyabrda e’lon qilgan. 29-noyabrda norasmiy tashrif bilan “Bagram” aviabazasiga kelgan Tramp “Tolibon”ning tinchlik kelishuvini imzolashga tayyorligini bildirgan. Ushbu bayonotni harakat vakillari ham tasdiqlagan. 4-dekabrda AQSh davlat departamenti mamlakatning maxsus elchisi Zalmayning Dohada o‘tayotgan Afg‘onistondagi ichki nizolarni barataraf etish va tinchlik o‘rnatish bo‘yicha muzokaralarga qo‘shilishini ma’lum qilgan.