O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rashid Xoliqovning to‘ng‘ich o‘g‘li, xonanda Sanjar Xoliqov uylanmoqda.

Foto: Instagram / @rashidkhalikov

Shu kunlarda Sanjar va Asilyaning fotihasi bo‘lib o‘tgan. Yoshlarning nikoh to‘yi sanasi hali aniq emas.

Rashid Xoliqov ikkinchi o‘g‘li Islomni 2018-yilning 7-aprelida uylantirgan edi. Xonanda 2020-yil 4-yanvar kuni nabirali bo‘ldi hamda shu munosabat bilan rafiqasiga BMW X7, keliniga Malibu sovg‘a qildi.