Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bozorlarda go‘sht, sut va ulardan tayyorlangan mahsulotlar bilan savdo qilishda veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya qilinishi yuzasidan G‘ijduvon tumanidagi dehqon bozorida o‘tkazilgan tadbirlar davomida fuqaro Sh.A. 4 nafar ayolni yollab, uy sharoitida qo‘lbola usulda tayyorlangan 42 dona bir litrli bankadagi sariyog‘ mahsulotini hech qanday veterinariya hujjatlarisiz sotayotganliklari aniqlangan. Bu haqda Buxoro viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Buxoro viloyat IIB axborot xizmati

Foto: Buxoro viloyat IIB axborot xizmati

Ushbu mahsulotdan namuna olinib tekshirilganda uning iste’molga yaroqsiz ekanligi ma’lum bo‘lgan. Shu sababli olingan sariyog‘ mahsulotlari veterinariya mutaxassislari tomonidan tegishli tartibda yo‘q qilingan.

Shuningdek, Buxoro viloyat IIB PPX va JTSB karantin tadbirlarini ta’minlash bo‘linmasi va YHXB xodimlari tomonidan G‘ijduvon tumani “Sarmijon” YPX maskanida o‘tkazilgan tadbirlar davomida 13-fevralga o‘tar kechasi Buxoro—Navoiy yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l shahrida yashovchi 1982-yilda tug‘ilgan M.A. boshqaruvidagi Epica rusumli avtomashina yukxonasi tekshirilganda, jami 124 kilogramm og‘irlikdagi mol go‘shtini hech qanday hujjatlarsiz olib ketayotganligi aniqlangan.

Foto: Buxoro viloyat IIB axborot xizmati

Foto: Buxoro viloyat IIB axborot xizmati

G‘ijduvon tuman veterinariya laboratoriyasining xulosasiga ko‘ra ushbu go‘sht mahsuloti iste’molga yaroqsiz ekanligi ma’lum bo‘lgan.

Har ikkala holatda ham huquqbuzarlarga nisbatan “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksning 109-moddasiga (Veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini buzish) asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?
Dunyo
Twitter ofisida xodimlar uchun karavotlar paydo bo‘ldi, Ilon Mask avvalroq me’yoridan ortiqcha ish bo‘lishi haqida ogohlantirgandi
Mahalliy
Xorazmda ikki kishi is gazidan vafot etdi