Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani Sardoba shaharchasi “Ko‘rkam diyor” mahalla fuqarolar yig‘ini Rabot ko‘chasidagi uylarning birida 17-fevralga o‘tar kechasi soat taxminan 2:40 da yong‘in sodir bo‘lgan.
Yong‘in natijasida uyning kirish yo‘lagi va yotoqxonasining 40 kvadrat metr maydondagi uy jihozlari yongan. Favqulodda vaziyatlar vazirligidan xabar berishlaricha, yong‘in soat 3:00 da qurshab olinib, 3:45 da o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida shu uyda bo‘lgan olti fuqaro — 1972 yilda tug‘ilgan B.Z. (uy egasi), 1976-yilda tug‘ilgan N.X. (uy egasining turmush o‘rtog‘i), 1996-yilda tug‘ilgan O.Sh. (uy egasining qizi), 2006-yilda tug‘ilgan O.D. (uy egasining qizi), 2010-yilda tug‘ilgan O.A. (uy egasining o‘g‘li), 2018-yilda tug‘ilgan N.N. (uy egasining nevarasi) vafot etgan.
Voqea joyiga FVV rahbariyati, viloyat FVB, IIB, prokuratura, tuman FVB, SSB xodimlari, IIB tergov tezkor guruhi hamda tegishli xizmatlarning kuch va vositalari jalb etilgan. “Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, — deyiladi FVV axborotida.
Izoh (0)