“Yuventus” futbol klubi Allianz kompaniyasi bilan hamkorlikni uzaytirdi. Bu haqda turinliklar rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Foto: “Yuventus” matbuot xizmati

Germaniyaning dunyoga mashhur sug‘urta kompaniyasi Turin klubiga 2030-yilga qadar homiylik qiladi.

Allianz atamasi “Yuventus”ning uy stadioni — “Alyans Stedium”da saqlanib qoladi. Bu nom 2023-yildan boshlab asosiy jamoa liboslarida paydo bo‘ladi. Shuningdek, kompaniyada ayollar jamoasiga oid bir qator huquqlar bo‘ladi.

Kelishuv umumiy miqdorda “Yuventus”ga amaldagi kelishuvdan tashqari qo‘shimcha 103,1 million yevro daromad keltiradi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!