YouTube’dagi Turon Line kanalida Toshkentda svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘ini aylanib o‘tish mumkin bo‘lgan chorraha paydo bo‘lgani haqida istehzo aralash video e’lon qilindi.

Videoda ko‘ringanidek, Furqat va Beshyog‘och ko‘chalari kesishmasidagi svetoforni aylanib o‘tish imkonini beradigan vaziyat, ko‘proq, Milliy bog‘dagi qurilish ishlari oqibatida yuzaga kelgan.

Ushbu favqulodda holat kunning tonggi va kechki tig‘iz, avtotransport oqimi yuqori bo‘lgan vaqtlarida boshqa (ehtimol ayanchliroq) favqulodda holatlarning yuz berishiga sabab bo‘lishi mumkin.