• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiylarni tabrikladi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 28 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiylarga bayram tabrigi yo‘lladi. Tabrik Prezident matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Quyida tabrikning to‘liq matni taqdim etiladi.

    Hurmatli askar va serjantlar, ofitser va generallar, Qurolli Kuchlarimiz faxriylari!

    Qadrli yurtdoshlar!

    O‘z hayotini Vatanni himoya qilishdek eng ulug‘ va olijanob ishga bag‘ishlagan siz, azizlarni, butun xalqimizni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 28 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

    Ushbu qutlug‘ ayyomda barchamiz avvalo o‘z jangovar postida doimo hushyor va sergak turib, yurtimiz sarhadlarini ko‘z qorachig‘idek asrab kelayotgan mard va jasur, sodiq o‘g‘lonlarimizni, fidoyi ota-bobolarimizni, haqiqiy vatanparvar insonlarni sharaflab, ularning sha’niga eng ezgu tilaklarimizni izhor etamiz.

    Ana shunday botir va jonkuyar farzandlarni tarbiyalab voyaga yetkazgan hurmatli ota-onalarga, harbiy xizmatchilarimizga o‘z muqaddas burchini ado etishda hamisha tog‘dek tayanch bo‘lib kelayotgan ularning oila a’zolariga chuqur minnatdorchilik bildiramiz.

    Armiyamizning kuch-qudrati harbiy xizmatchilar bilan butun jamiyatimizning birligi va hamjihatligida, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.

    Mana shunday buyuk ma’naviy qudrat manbai bor ekan, hech qanday yovuz kuch O‘zbekiston mustaqilligiga, tinch va osuda hayotimizga raxna sololmaydi, bizni demokratik o‘zgarishlar yo‘lidan ortga qaytara olmaydi.

    Muhtaram do‘stlar!

    Vatanimiz mustaqilligi, xalqimizning tinch, erkin va farovon hayotining mustahkam kafolati bo‘lgan O‘zbekiston Qurolli Kuchlari o‘tgan 28 yilda g‘oyat murakkab va ayni paytda shonli shakllanish yo‘lini bosib o‘tdi.

    Ayniqsa, keyingi yillarda olib borilayotgan tub islohotlar natijasida milliy armiyamiz har qanday xavf-xatarga munosib zarba bera oladigan qudratli, tezkor va samarali kuchga aylanib bormoqda.

    Mintaqamizda ochiqlik va milliy manfaatlarni o‘zaro hisobga olish tamoyillariga asoslangan yangi siyosatni amalga oshirish doirasida Qurolli Kuchlarimiz Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlaridagi hamkasblari bilan yaqin sheriklik aloqalarini o‘rnatdi va mustahkamlamoqda. So‘nggi yillarda biz bir qator qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlarini birgalikda o‘tkazdik. Shuningdek, yuqori darajadagi harbiy delegatsiyalarning tashriflarini tashkil etdik, tezkor va jangovar tayyorgarlik borasida tajriba almashdik.

    Bizning tobora kuchayib borayotgan bunday hamkorligimiz bugungi kunda mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni, Markaziy Osiyo deb atalmish umumiy uyimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashning muhim omiliga aylanib bormoqda.

    Dunyodagi eng yuksak standartlar darajasida tashkil etilgan uzluksiz harbiy ta’lim tizimi izchil rivojlanmoqda. Hozirgi paytda yangitdan tuzilgan, mohiyat e’tibori bilan noyob bo‘lgan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti mamlakatimizning zamonaviy oliy ta’lim muassasalari qatoridan munosib joy egalladi.

    Shu bilan birga, boshqaruvning tezkor-strategik bo‘g‘inida xizmat qiladigan ofitser kadrlarni tayyorlaydigan yangi fakultet tashkil etildi, Qurolli Kuchlar akademiyasida qo‘shimcha ta’lim infratuzilmalari foydalanishga topshirildi. Maxsus vazifalarni bajaradigan bo‘linmalar uchun harbiy xizmatchilar tayyorlaydigan o‘quv markazini tashkil etish jarayoni nihoyasiga yetkazilmoqda.

    Milliy gvardiyaning Harbiy-texnik instituti faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha katta ishlar olib borilmoqda.

    Jangovar tayyorgarlikning modernizatsiya qilingan, moslashuvchan tizimini joriy etish bilan uyg‘un holda, Qurolli Kuchlarning yangi tashkiliy tuzilmaga o‘tkazilishi milliy armiyamizning jangovar tayyorgarligi va jangovar qobiliyatini bir necha barobar oshirdi.

    Bugungi kunda bizning harbiylarimiz o‘zlarining professional tayyorgarlik darajasi bo‘yicha jahondagi yetakchi mamlakatlar armiyalarining harbiy xizmatchilaridan aslo qolishmasligini so‘zda emas, amalda isbotlamoqda. Xalqaro harbiy o‘quv musobaqalarida, armiyalar o‘rtasidagi va sport bellashuvlarida O‘zbekiston vakillari o‘zlarining mahorati, ruhan baquvvatligi, g‘alabaga bo‘lgan irodasini namoyon etmoqda, buyuk ajdodlarimizning munosib vorislari ekanliklarini yaqqol ko‘rsatmoqda.

    Hech shubhasiz, bularning barchasi butun O‘zbekiston xalqida, ayniqsa, yoshlarimizda milliy armiyamiz bilan faxrlanish tuyg‘usini, Vatan himoyachisidek sharafli kasbga hurmat-ehtirom hissini uyg‘otmoqda.

    Milliy armiyamizni qurol-yarog‘ va boshqa zarur vositalar bilan ta’minlashga qodir bo‘lgan mudofaa-sanoat kompleksimizni yanada rivojlantirish bo‘yicha vazifalar bosqichma-bosqich hal qilinmoqda.

    Chirchiq aviatsiya ta’mirlash zavodi va jangovar o‘q-dorilar ishlab chiqaradigan korxonaning modernizatsiya qilingani va texnik qayta jihozlangani bunga yaqqol misol bo‘la oladi, ularda qayta tashkil etilgan ilmiy-texnik salohiyat esa mazkur tarmoqlarda ilmiy-ishlab chiqarish klasterlarini shakllantirishning asosiga aylanib bormoqda.

    Iqtisodiyotning to‘laqonli mudofaa sektorini shakllantirish bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlarimiz yaqin istiqbolda nafaqat milliy armiyamizni qurol-yarog‘ va texnika bilan ta’minlash, balki qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish, shuningdek, mamlakatimiz iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish imkonini ham beradi.

    Xalq va armiya o‘rtasida ishonchli ko‘prikka aylangan harbiy-ma’muriy sektorlar faoliyatida muayyan yutuqlar ko‘zga tashlanmoqda. Ushbu sektorlar tashkil etilganidan buyon “Xalq va armiya — bir tanu bir jondir” degan shior ostida harbiy infratuzilmalarni modernizatsiya qilish va to‘planib qolgan ijtimoiy muammolarni hal etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

    Harbiy shaharchalar zamonaviy qiyofaga ega bo‘ldi, moddiy ta’minot xizmatlari sohasiga autsorsing tizimi joriy etildi. O‘tgan uch yil davomida 8 mingdan ziyod harbiy xizmatchilar oilalarini qulay va shinam kvartiralar bilan ta’minlash uchun 275 ta ko‘p qavatli uy-joy barpo etildi, harbiy xizmatchilarning ayollari uchun qariyb 600 ta yangi ish o‘rni yaratildi, 1900 nafar harbiy pensioner ishga joylashtirildi.

    Armiyamiz unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik va ona yurtga muhabbat, milliy qadriyat va an’analarimizga hurmat, shonli tariximizni chuqur bilish ruhida tarbiyalash borasidagi ishlarga faol kirishganini alohida qayd etishni istardim. “Vatanparvar” va “Faxriylar” singari tashkilotlar, shuningdek, Mudofaa vazirligi qoshidagi Jamoatchilik kengashi yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashni yanada kuchaytirish hamda ularda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish bo‘yicha g‘oyat zarur bo‘lgan ishlarni birgalikda davom ettiradi, deb ishonaman.

    Shu o‘rinda Qurolli Kuchlar faoliyati ustidan fuqarolik nazoratini kuchaytirish zarurligini ta’kidlamoqchiman. Bugungi kunda mamlakatimiz parlamenti o‘zining kengaytirilgan vakolatlari doirasida “Mudofaa doktrinasi to‘g‘risida”gi qonun va mudofaa sohasidagi boshqa huquqiy hujjatlar ijrosini nazorat qilmoqda. O‘tgan yili Oliy Majlis Senati tomonidan Qurolli Kuchlarning qurilishi va rivojlanishi, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tashiga doir dolzarb masalalar yuzasidan harbiylashgan vazirlik va idoralar rahbarlarining ma’ruzalari bir necha bor eshitilganini ta’kidlash lozim.

    Qadrli yurtdoshlar!

    Jahondagi vaziyat shiddat bilan o‘zgarib, dunyoning ayrim mintaqalarida ahvol keskinlashib, xalqaro terrorizm va ekstremizm xavfi ortib borayotgani bizdan xalqaro va mintaqaviy vaziyatni har tomonlama tahlil va prognoz qilishni, mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligini ta’minlash, Qurolli Kuchlarimizning jangovar tayyorgarligi va salohiyatini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ko‘rishni talab etmoqda.

    Davlat chegaralarini qo‘riqlash va himoya qilish tizimini yanada mustahkamlash, qo‘shinlarni boshqarish tizimini takomillashtirish, jangovar tayyorgarlikni tashkil etish samaradorligini oshirish, Qurolli Kuchlarni eng yangi qurol-yarog‘ va texnikalar bilan ta’minlash, mamlakatimiz mudofaa-sanoat kompleksini rivojlantirish bo‘yicha faol olib borilayotgan ishlarni izchil davom ettirish zarur.

    Biz yuqori malakali harbiy kadrlar tayyorlash, o‘quv-tarbiya jarayonlariga ilg‘or xorijiy tajribalarni, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga, shuningdek, harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari hamda Qurolli Kuchlar faxriylarini ijtimoiy va huquqiy himoya qilishga bundan buyon ham birinchi darajali ahamiyat qaratamiz.

    Hurmatli do‘stlar!

    Vatanimizning mard va jasur himoyachilari!

    Ushbu qutlug‘ bayram kunlarida hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 75 yilligini nishonlash arafasida o‘z hayoti evaziga dunyo xalqlarining ozodligi va erkinligini saqlab qolishga erishgan g‘olib ajdodlarimizga yuksak hurmat va e’tibor ko‘rsatish qanchalik muhim ekanini barchamiz har qachongidan ham chuqur his etib, bu borada katta amaliy ishlarni amalga oshirmoqdamiz.

    Siz, hurmatli harbiy xizmatchilarga — askar va serjantlar, ofitser va generallar, Qurolli Kuchlarimiz faxriylariga Vatanimizga sidqidildan xizmat qilishdek sharafli vazifani ado etishda mustahkam sog‘lik, ulkan muvaffaqiyatlar, kuch-g‘ayrat, oilalaringizga esa yangi — 2020-yilda fayz-baraka va baxt-saodat yor bo‘lishini tilayman.

    Shavkat Mirziyoyev,O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti,Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni

    14.01.2020, 20:48   Izoh (0)   20745
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Dizayner Narimon Grigoryanning jasadi o‘zi ijarada yashaydigan uydan topilgan. Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    14.01.2020, 20:26

    Markaziy bank 250 mlrd so‘mlik obligatsiyalarini joylashtirish bo‘yicha auksion savdolarini o‘tkazdi

    14.01.2020, 20:01

    O‘zbekistonda 15-yanvar kuni havo quruq va sovuq bo‘ladi

    14.01.2020, 19:45

    Toshkentda 4 yashar bola 5-qavat panjarasiga osilib qolib, so‘ng quladi. Uni odamlar tutib qoldi (video)

    14.01.2020, 19:17

    Toshkentga olib kelingan tez tibbiy yordam uchun 150 ta Ford qaysi mablag‘dan xarid qilindi?

    14.01.2020, 19:03

    Chinozlik erkak xotinini pichoqlab o‘ldirib, so‘ng o‘ziga ham pichoq urdi. Erkak tirik qoldi

    14.01.2020, 18:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” 9 kishi bo‘lib “Bavariya”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 23:06

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.