Janubiy Koreya zarurat tug‘ilgan taqdirda KXDR bilan hamkorlik loyihalari uchun BMT sanksiyalari istisno qilinishini so‘rashi mumkin. Bu haqda mamlakat prezidenti Mun Chje In ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

Foto: “RIA Novosti”

U bunday hamkorlik nafaqat ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish, balki AQSh va Shimoliy Koreya o‘rtasida muloqotni tiklash uchun ham zarurligini bildirdi.

“Xalqaro sanksiyalar ko‘rinishidagi cheklovlar mavjud. Biroq ularning doirasida ham individual turizm, chegaradosh hududlar hamkorligi kabi yo‘nalishlarni amalga oshirsa bo‘ladi. Agar ikki Koreya hamkorligi jarayonida BMT sanksiyalaridan istisno talab etilsa, bu boradagi harakatlarga ham qo‘l ursa bo‘ladi deb hisoblayman”, — dedi Mun Chje In.