Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarif AQSh prezidenti Donald Trampning Tehron javob harakatlarini amalga oshirsa, Vashington Erondagi 52 ta obyektga hujum uyushtirishi haqidagi gaplarini harbiy jinoyatlar deb atadi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarif

Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarif
Foto: Edaily

Eron TIV rahbari Trampning xalqaro huquqni hurmat qilmayotgani va bu harbiy jinoyat ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, Eronning Amerika yetakchisining tahdidlaridan aslo cho‘chimayotgani va bu kabi bayonotlar ko‘chalarga chiqqan mamlakat xalqini battar g‘azabga keltirishi mumkinligini qayd etdi.

“Biz qonuniy yo‘l bilan javob beramiz. Sababi Eron prezident Tramp kabi jinoyatchi emas”, — degan Javod Zarif.

Eron islom inqilobi muhofizlari korpusining “Al-Quds” maxsus bo‘linmasi generali Qosim Sulaymoniy 3-yanvar kuni AQSh havo kuchlari tomonidan Bag‘dod aeroportiga berilgan aviahujum oqibatida halok bo‘lgan. Eron ushbu jinoyat uchun AQShdan ayovsiz qasos olishini bildirgan. Tehronning bu boradagi birinchi qadami 5-yanvar kuni yadro kelishuvidan butunlay chiqish bo‘ldi. Shuningdek, Eron parlamenti AQSh hamda Pentagonni terrorchilik tashkilotlari deb e’lon qilish haqidagi qonun loyihasini qabul qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda zo‘ravonlikka qarshi kurash bo‘yicha xalqaro anjuman — suratlarda
Dunyo
Trampning sobiq maslahatchisi prezident saylovida qatnashishga tayyorligini bildirdi
Madaniyat
“Kuniga 1 000 dollar topganda talash bo‘lgan ota keksayganda hech kimga kerak bo‘lmay qoldi” — Bobomurod Hamdamovning kelini oiladagi kelishmovchiliklar haqida (vi...