Erondagi “Busher” atom elektr stansiyasi yaqinida 4,9 va 4,5 magnitudali ikkita ikkita zilzila qayd etildi. Bu haqda AQSh geologiya xizmati (USGS) ma’lum qildi, deya xabar beradi TJournal.
4,9 magnitudali yer silkinishi Toshkent vaqti bilan soat 7:20 da sodir bo‘lgan. Zilzila epimarkazi Borazjon shahridan 10 kilometr janubi-sharqda, yer silkinishi o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda bo‘lgan.
4,5 magnitudali ikkinchi zilzila Toshkent vaqti bilan soat 8:19 da ro‘y berdi. Epimarkaz Borazjon shahridan 17 kilometr janubi-sharqda, zilzila o‘chog‘i esa 10 kilometr chuqurlikda bo‘lgan.
“Busher” atom elektr stansiyasi zilzilalar qayd etilgan joydan 48 kilometr uzoqlikda joylashgan. Jabrlanganlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumot berilmagan.
Izoh (0)