Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“O‘zbekneftgaz” AJ O‘zbekiston iqtisodiyotiga zarar yetkazuvchi korrupsiyaga qarshi kurashda aholidan poraxo‘rlarni fosh qilishni so‘radi, deb xabar beradi kompaniya matbuot xizmati.

Foto: UzNews

Foto: UzNews

O‘zbekistonning 2017-yil 3-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq “O‘zbekneftgaz” AJda oshkoralikni ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan “‘O‘zbekneftgaz’ AJning korrupsiyaga qarshi kurash siyosati” me’yoriy hujjati mavjud.

Bundan tashqari, aksiyadorlik jamiyati obro‘siga putur yetkazadigan xavflarni oldini olishga qaratilgan bir qator huquqiy me’yoriy tartiblar ishlab chiqilgan va “‘O‘zbekneftgaz’ AJ xodimlarining axloqiy xatti-harakatlari qoidalari” mavjud bo‘lib, ushbu qoidalar barcha rahbar va xodimlar uchun majburiy.

Aksiyadorlik jamiyati korrupsiyaga qarshi kurashda har bir xodimning shaxsiy ishtiroki muhimligini ta’kidlab, murojaat qildi:

  • mas’ul shaxslar o‘z vazifalariga sovuqqonlik bilan qarashsa;
  • mansabdorlar vakolatlarini suiiste’mol qilayotgan bo‘lsa;
  • hisob-kitob va nazorat ishlarida talon-torojlikka yo‘l qo‘yilayotgan bo‘lsa;
  • hujjatlarda noqonuniy qaydlar kuzatilayotgan bo‘lsa;
  • tizim korxonalariga ish taklif qilib, evaziga pora so‘rashsa darhol jamiyatning ishonch raqamiga xabar bering: (71) 233-28-88.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Salomatlik
Ishtahangiz karnaymi: hamisha ovqat yeyish istagi qiynaganda nima qilish kerak?
Mahalliy
Toshkent va Andijon o‘rtasida qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi 
Dunyo
“O‘lim junglisi”: 400 mingga yaqin muhojir halokatli yo‘l orqali Panamadan AQSHga o‘tmoqda