“Barselona” futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi 6-turidan o‘rin olgan “Inter”ga qarshi o‘yin uchun kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi.

Foto: Twitter/@FCBarcelona

Kataloniyaliklar qaydnomasidan hujumchi Lionel Messi, himoyachilar Xerard Pike va Serxi Robertolar o‘rin olmadi.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” “F” guruhidan muddatidan avval birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, Chempionlar Ligasi pley-off masalasini hal qilib qo‘ygan.

“Barselona”ning “Inter”ga qarshi o‘yin qaydnomasi bilan tanishing:

Darvozabonlar: Mark-Andre ter Shtegen, Neto, Inyaki Penya;

Himoyachilar: Mussa Vage, Samyuel Umtiti, Xunior Firpo, Jan-Kler Todibo, Kleman Langle, Federiko Arauxo, Dani Morer;

Yarim himoyachilar: Ivan Rakitich, Serxio Buskets, Karles Alenya, Frenki de Yong, Arturo Vidal, Rikard Puch;

Hujumchilar: Luis Suares, Karles Peres, Antuan Grizmann, Ansumane Fati.

“Inter” — “Barselona” uchrashuvi 10-dekabrdan 11-dekabrga o‘tar kechasi 01:00 da boshlanadi. Mazkur o‘yindagi g‘alaba milanliklarni keyingi bosqichga olib chiqadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!