“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Real”ni tark etganiga afsus chekmoqda, deya xabar qilmoqda ABC.
Ta’kidlanishicha, Ronaldu sobiq jamoadoshlari bilan bo‘lgan suhbatda bu haqda aytib o‘tgan. Uning fikricha, agar “Real”da qolganida yana ikkita “Oltin to‘p” sovriniga ega chiqqan bo‘lardi.
Portugaliyalik futbolchi 2018-yilning yozida “Real”dan turinliklar safiga o‘tgandi. O‘sha yili “Oltin to‘p”ga madridliklar yarim himoyachisi Luka Modrich ega chiqdi, 2019-yilgi sovrin esa “Barselona” hujumchisi Lionel Messiga nasib etdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)