Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi yengil motorli shaxsiy samolyot qulashi natijasida asli o‘zbekistonlik Otabek Obloqulov va Bobomurod Nabiyev, shuningdek, ularning oila a’zolari (jami yetti kishi) halok bo‘lganligi haqidagi OAV xabarlarini tasdiqlaydi, deb yozadi TIV matbuot xizmati.

Otabek Obloqulov va Bobomurod Nabiyev.

Otabek Obloqulov va Bobomurod Nabiyev.
Foto: “Zambarakning o‘qi”

Hodisa 27-noyabr kuni Kanadaning Ontario provinsiyasida yuz bergan.

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot Otabek Obloqulov tomonidan boshqarilgan, u turmush o‘rtog‘i va uch nafar farzandi, shuningdek, boshqa qarindoshlari bilan birga dam olish kunlarini o‘tkazish uchun Toronto shahridan Kingston shahriga yo‘l olgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot qulashining sababi noqulay ob-havo bo‘lishi mumkin.

Elchixona tomonidan ko‘rilgan shoshilinch choralar, jumladan, Kingston shahri politsiyasi bilan olib borilgan muzokaralar natijasida barcha qurbonlarning shaxsi aniqlangan.

Elchixona konsullik huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilish choralarini ko‘rmoqda.

“Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti va O‘zbekistonning Vashington shahridagi elchixonasi marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi va AQSh (Alabama, Arkanzas, Kolorado, Delaver, Vashington, Florida, Jeorjiya, Kentukki, Luiziana, Marilend, Missisippi, Shimoliy Karolina, Oklahoma, Janubiy Karolina, Tennessi, Texas, Virjiniya va G‘arbiy Virjiniya), Kuba, Kanada, Braziliya hududlarida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda O‘zbekistonning Vashington shahridagi elchixonasiga +1-202-887 -53-00, +1-202-251-82-98 telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatadi”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Kanadaning Ontario provinsiyasida yengil samolyotning halokatga uchrashi oqibatida yetti nafar o‘zbekistonlikning halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Daryo” reportaji: Namangandan topilgan zardushtiylar ibodatxonasining dunyoda tengi yo‘qligi aytilmoqda. Bu yerdagi 70 ta otashkadada tun-kun olov yonib turgan (v...
Madaniyat
O‘zbekistonda o‘tkazilgan Mokkoji Korea festivali va K-pop konserti — suratlarda