Podmoskovyedagi fermada sigirlar uchun mo‘ljallangan virtual reallik ko‘zoynaklari sinovdan o‘tkazilmoqda, deb yozadi Meduza.

Foto: Meduza

Qayd etilishicha, VR-ko‘zoynaklar sigirlarga o‘zlarini baxtli his qilishiga yordam beradi. Tinch muhit jonivorlar ruhiyatiga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi, shuning uchun VR-ko‘zoynak sigirlarga yozgi o‘tloqni ko‘rsatadi.

Virtual reallik ko‘zoynaklarining dastlabki sinovlari tashvishlarning pasayishi va “podalarning umumiy hissiy kayfiyatini oshirish”ni qayd etdi. VR-ko‘zoynaklar sigir boshi tuzilishi va chorva mollarining ko‘rish xususiyatlarini hisobga olgan holda yaratilgan. Qurilmani ishlab chiqishda veterinariya xodimlari ishtirok etdi.

Avvalroq O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi vakili Zayniddin Fayzullayev O‘zbekistonda mollarga veterinariya pasporti qanday maqsadda berilishi haqida ma’lumot bergan edi.