Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Keyingi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda chorva mollariga pasport berish haqidagi xabarlar turlicha qarshi olinmoqda. Bu masalani yumorga aylantirib, ishlangan video va rasmlar ommalashmoqda.

Foto: Google Images

Foto: Google Images

O‘zA O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi vakili Zayniddin Fayzullayevga murojaat qilib, veterinariya pasporti qanday maqsadda berilishiga oydinlik kiritdi.

Aksariyat yurtdoshlarimiz tasavvur qilayotganidek, bu hayvonning shaxsini, propiskasi va fuqarolik holatini tasdiqlovchi hujjat emas. Balki, veterinariya pasporti – identifikatsiya qilingan hayvonlarga rasmiylashtirilgan, hayvon egasini belgilovchi, hayvonlarning kasalliklarga qarshi profilaktikasi va ularni davolash ishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjat hisoblanadi. Hayvonlarni kasalliklarga qarshi emlanganligini tasdiqlash, ularning aniq hisobini yuritish va ro‘yxatga olingan hayvonlar to‘g‘risida yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirishda pasport rasmiylashtirish juda ham muhim va bir qancha muammolarning oldini olishga xizmat qiladi.

Bunda avvalo, har bir uy hayvonini nazoratga olish, uning salomatligini nazorat qilish orqali oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanadi. Ya’ni har bir hayvon turi tug‘ilganda identifikatsiya qilinib, ro‘yxatga olinadi, uning qanday kasalliklarga chalingani, qachon emlangani, qayd etib boriladi. Shu tariqa savdo do‘konlaridan go‘sht mahsulotlari xarid qilayotganda ularning “tarixi”dan ham boxabar bo‘lamiz.

Shuningdek, chorva mahsulotlarini xorijga eksport qilishda birmuncha qulayliklar yaratiladi. Ayni paytda o‘nlab xalqaro tashkilotlar O‘zbekistonda hayvonlarni identifikatsiya qilish tizimini yaratish uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksportga olib chiqish maqsadida grantlar ajratayotgani yanada e’tiborga molik.

Qayd etish kerakki, hozirda yurtimizda 10,2 ming chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligida 17 ming qoramol, 21,7 mingta qo‘y va echki boqilmoqda. Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 74,7 milliard so‘mni 2018-yilning shu davriga nisbatan 2,5 foizga o‘sdi. Ya’ni 1,8 ming tonna go‘sht va 7,7 ming tonna sut yetishtirildi.

Qoramollarning 94 foizi, qo‘y va echkilarning 84 foizi xonadonlarda boqilayotgani hisobga olinadigan bo‘lsa, veterinariya pasporti joriy etish ishlari tezroq va to‘g‘ri amalga oshirish juda muhim.

Zayniddin Fayzullayev, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi vakili 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Gonsalo Iguain futbolchilik faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi
Mahalliy
Chirchiqdagi korxonada yuz bergan portlashda hech kimga zarar yetmagan — “O‘zkimyosanoat”
Dunyo
Qozog‘iston: KXSHT Ukrainaga qarshi urushda qatnashmaydi