Rejissor Umid Hamdamov yozuvchi  Abdulla Qodiriy hayotiga bag‘ishlangan tarixiy-badiiy filmni suratga olmoqda. Bu haqda rejissor jurnalist Feruz Muhammadga bergan qisqa intervyusida ma’lum qildi.

Foto: O‘zA

Film ssenariysini bir qancha qodiriyshunoslar bilan maslahatlashgan holda o‘zim yozishga harakat qilyapman. Ushbu film yozuvchi Abdulla Qodiriy hayotining so‘nggi o‘n ikki yili haqida bo‘ladi. Aktyorlar foto va video sinovlar asosida tanlab olinishi rejalashtirilgan. Suratga olish ishlari 2019-yilning oxiri yoki 2020-yil boshida boshlanadi.

Umid Hamdamov, rejissor