Fransiyada uylardan biridagi oshxonada uzoq yillar osilib turgan florensiyalik musavvir Chimabuening kartinasi 24 million yevrodan oshiqqa sotildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Bu o‘rta asrlar rangtasviri uchun rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.
Savdolar boshlangunga qadar surat 4—6 million yevroga sotilishi taxmin qilingandi. Actaeon auksion uyi vakillariga ko‘ra, bu Chimabuening qachondir savdolarga qo‘yilgan yagona asari hisoblanadi.
Kartinaning yangi egasi kimligi oshkor etilmadi, biroq savdolarning 800 nafar ishtirokchisi orasida xorij muzeylari vakillari ham bo‘lgani aytilmoqda.
Izoh (0)