Yoshlar Ittifoqi Telegram messenjerining foydalanuvchilariga murojaat bilan chiqib, “Yoshlar Ittifoqi aksiya” deb nomlangan guruhga aloqasi yo‘qligini ma’lum qilgan. Bu haqda Ittifoq matbuot xizmati xabar berdi.
“So‘nggi vaqtda Telegram messenjerida ‘Yoshlar Ittifoqi aksiya’ deb nomlangan guruh paydo bo‘lgan va guruhga a’zo bo‘lgan obunachilarga muayyan miqdorda mablag‘ berilishi e’lon qilingan. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi guruh tashkilotga hech qanday aloqasi yo‘qligini va rasmiy ma’lumotlar faqatgina rasmiy kanali orqali taqdim etilishini eslatib o‘tamiz”, – deyiladi xabarda.
Izoh (0)