Daryo

Andijon viloyatining Buloqboshi tumani mirishkorlariga avtomobillar sovg‘a qilindi

Buloqboshi tumani mirishkorlari davlatga paxta sotish shartnomaviy rejasini 100,92 foizga bajargan

1 daqiqa o‘qish54 126 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati

Andijon viloyatining Buloqboshi tumani mirishkorlari davlatga paxta sotish shartnomaviy rejasini 100,92 foizga bajardi, deb xabar bermoqda Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Foto: Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati

Shu munosabat bilan tuman bolalar va o‘smirlar sport maktabi o‘yingohida tuman hokimi O‘tkirbek Ma’murov boshchiligida to‘plangan 3 mingdan ziyod buloqboshiliklar ishtirokida fermer xo‘jaliklari rahbarlarini taqdirlash marosimi o‘tkazilgan.

Foto: Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati

Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov “Sarviniso Malikasi” fermer xo‘jaligi terimchisi Mayramxon Pirmatovani Spark, “Abduhoshim Nurmatov” fermer xo‘jaligi rahbari Abduhoshim Nurmatov va “Abdumannob Ismatov” fermer xo‘jaligi rahbari Ismatulla Ismatovni Gentra, tuman hokimining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Bahodir G‘ofurovni Cobalt avtomashinasi bilan taqdirlagan.

Foto: Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati

Shuningdek, chigit ekishdan boshlab hozirgi kungacha qishloq xo‘jaligi sohasiga uzoq yilik tajribalaridan kelib chiqib, o‘z maslahatlari bilan yordam berib kelayotgan 15 nafar oqsoqol kostyum-shim, 37 nafar ilg‘or terimchi ayol kir yuvish mashinalari bilan taqdirlangan.

Foto: Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati

Bundan avval Qoraqalpog‘istonda eng ko‘p paxta tergan oilalarga Spark, Amudaryo tumanida paxta terimida ilg‘orlik ko‘rsatgan fermer xo‘jaligi raisiga Cobalt, Andijon viloyati hokimligi bir kunda yarim tonna paxta tergan ayolga Spark, to‘rt kunda 2,5 tonna paxta tergan oilaga Nexia sovg‘a qilgan edi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar