BAAda fazogir bo‘lishni istayotganlarning uchdan bir qismini ayollar tashkil etadi
Birlashgan Arab Amirliklari fazo agentligiga kelib tushgan qayd qog‘ozlariga ko‘ra mamlakatda fazogir bo‘lishni xohlayotgan 4 ming fuqaroning uchdan bir qismini ayollar tashkil qiladi. Bu haqda “Ria Novosti” xabar berdi.
BAA fazo agentligining bosh direktori Muhammad al-Ahbobiy o‘z intervyusida jami 4 ming nafar mamlakat fuqarolari fazogir bo‘lish niyatini bildirgani va ularning uchdan bir qismi ayollar ekanini ma’lum qildi.
Ahbobiyning so‘zlariga ko‘ra, fazoga parvozni amalga oshirishni istayotganlarning asosiy qismini yoshlar tashkil etadi.
Shuningdek, fazo agentligi rahbari ikki nafar fazogir Hazza al-Mansuriy hamda Sulton al-Neydayi bilan parvoz oldidan suhbat bo‘lgani, ularning tibbiy ko‘rikdan o‘tgani va butun dunyodagi fazo ekpsertlarining ilmiy tayyorgarlik nazoratini topshirganini ma’lum qilgan.
Hazza al-Mansuriy rossiyalik Aleksey Ovchinin va amerikalik Nik Heyg bilan birgalikda “Soyuz MS-12” fazo kemasida kosmosga parvozni amalga oshirib, mamlakat tarixida va Arab davlatlari orasida fazoga chiqqan eng birinchi kosmonavtga aylangandi.