Sankt-Peterburgda 43 yoshli ayol uni ikki nafar notanish erkak zo‘rlagani yuzasidan politsiyaga murojaat qildi, deb xabar bermoqda “AiF”.
Ma’lum bo‘lishicha, jabrlanuvchi ayolga 2012-yilning 25-sentabrida Sankt-Peterburgning Flotskaya ko‘chasida joylashgan uylardan birida ikki notanish erkak hujum qilib, uni navbati bilan zo‘rlagan. So‘ng ayolning sumkasini o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringan.
Sankt-Peterburg Tergov qo‘mitasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, 2019-yilning 27-sentabrida gumonlanuvchi sifatida ikki o‘zbekistonlik qo‘lga olingan.“Hozirda gumonlanuvchilar hibsda saqlanmoqda, yaqin kunlarda ularga nisbatan ayblov e’lon qilinadi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)