Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Islandiyalik fotograf Xaukur Snorrason Facebook’da 2018-yil avgustida samolyotdan iPhone 6S Plus’ini tushirib yuborgani va keyinchalik uni topgani haqida hikoya qilib bergan. Kichikroq samolyotda uchgan vaqtida fotograf ochiq derazadan Janubiy Islandiyadagi Skaftau irmoqlarini suratga olmoqchi bo‘lgan. Keyin ehtiyotsizlik oqibatidan telefonini tushirib qo‘ygan. iPhone 60 metr balandlikdan irmoqlar orasidagi tosh ustiga qulagan, deb yozmoqda Meduza.

Foto: Google Images

Foto: Google Images

Snorrason kimdir qachondir o‘z telefonini topib olishiga umid qilgandi. Umidi bekor ketmadi, 2019-yil sentabrida uning iPhone’i topildi. Qurilmani o‘rmonda aylanib yurgan turistlar topib olgan. Ular iPhone’ni kompyuterga ulashdi va u yerda “Haukur’s iPhone” ya’ni “Haukurning iPhone’i” yozuvini ko‘rib, Reykyavikda u bilan ko‘rishdi va omonatni egasiga berdi.

Foto: Meduza

Foto: Meduza

“Oradan bir yil vaqt o‘tgan bo‘lsa ham iPhone hali ham ishlamoqda. Islandiya ob-havo sharoitida shunday bo‘ldi”, — deya hayratini yashirmagan Snorrason. Uning so‘zlariga ko‘ra, telefon internetga kirmoqda, undan rasm va videolar jo‘natish mumkin. Samolyotdan qulagandan so‘ng iPhone ko‘rgan eng jiddiy talofat — egasi boshqalarga qo‘ng‘iroq qilganida uni hech kim eshitmayapti.

Telefonda Snorrason samolyotdagi parvoz vaqtida tasvirga tushirgan rolik saqlanib qolgan. Yozuvda qisqa davom etgan, ammo vahimali qulashdan so‘ng iPhone’ning videoga olishni davom ettirayotganini ko‘rish mumkin.

https://www.facebook.com/haukur.snorrason.3/videos/2483596388386549/

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“O‘zgidromet” 1-aprel kuni qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi
Iqtisodiyot
Braziliya va Xitoy o‘rtasida savdoda dollardan voz kechilib, yuanga o‘tildi
Mahalliy
O‘zbekistonda har uchinchi ayol turmush o‘rtog‘i tomonidan o‘ziga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilgan deb biladi