Toshkentdagi Amir Temur ko‘chasining Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi joylashgan nuqtasidan Ahmad Donish ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘lning bir tomonga harakatlanish qismi 12-sentabridan dekabr oyigacha yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Qayd etilishicha, yo‘lning ushbu qismi Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘nalishi 2-bosqich qurilish ishlari amalga oshirilayotgani munosabati bilan yopiladi.

“Shu yo‘nalishda harakatlanuvchilar vaqtincha qatnov qismining ikkinchi tomonidagi yo‘ldan yurishlari mumkin bo‘ladi. Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Toshkent metropolitenining “Yunusobod” yo‘nalishidagi yangi ikkita bekat qurilishi 2019-yil oxirigacha yakunlanishini e’lon qilingan.