10-sentabr kuni Toshkent viloyatining Toshkent tumani “Chuvalachi” mahallasida yashovchi J.D. ismli fuqaro Ichki ishlar bo‘limiga ariza bilan murojaat qilib, mashinasi ichida bo‘lgan pullar o‘g‘irlab ketilganini bildirgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Foto: Google Images

Ta’kidlanishicha, jabrlanuvchi Bojxona 1-tor ko‘chasida Spark avtomashinasi eshiklarini ochiq qoldirgani oqibatida noma’lum shaxs mashina salonida bo‘lgan 50 million so‘m va 4000 AQSh dollari miqdoridagi pullarini o‘g‘irlab ketganini bildirgan.

Tezkor xodimlar tomonidan o‘tkazilgan tadbir natijasida ushbu jinoyatni 1992-yilda tug‘ilgan A.G‘. ismli shaxs sodir etganligi aniqlanib, qo‘lga olingan. O‘g‘irlangan pullar egasiga qaytarilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O‘g‘rilik”) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.