• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.71
    • RUB160.18
    • EUR14821.7
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Kattaqo‘rg‘ondagi Moybuloq tug‘ruqxonasi yopilgani homilador ayollar uchun qiyinchilik tug‘dirayotgani aytilgan edi. SSV holat yuzasidan o‘rganish o‘tkazdi

    Ijtimoiy tarmoqlarda “Qishloq tug‘ruqxonasi yopilib, ayollar uyda tug‘ishga majbur bo‘lmoqda” sarlavhasi ostida Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Moylisoy” va “Qoqsoy” QFY ayollariga xizmat ko‘rsatib kelgan Moybuloq tug‘ruq bo‘limining olti oy avval yopilishi hududdagi homilador ayollar uchun jiddiy qiyinchilik tug‘dirayotgani aks etilgan videolavha tarqalgan edi.

    Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati

    Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati

    Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limining xabar berishicha, materialdagi holat Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan atroflicha o‘rganildi.

    Kattaqo‘rg‘on tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli tug‘ruq majmuasi 100 o‘rindan iborat bo‘lib, shundan 15 ta o‘rin Moybuloq tug‘ruq bo‘limiga ajratilgan. Ayni paytda tumanda tug‘ruqlar soni bir oyda o‘rtacha 351 nafarni tashkil qilsa, shundan Moybuloq tug‘ruq bo‘limiga hududdan murojaat qilganlar soni bor-yo‘g‘i 9 nafarni tashkil qilgan.

    Aytish mumkinki, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan yuqoridagi materialda 9000 nafar tug‘ish yoshidagi ayol yashovchi bu va unga tutash dasht qishloqlari tuman markazidan 30—40 kilometr masofada joylashgani bois to‘lg‘oq tutgan ayollar shahar tug‘ruqxonasiga yetolmay yo‘lda yoki uyida tug‘ishga majbur bo‘layotgani haqidagi iddaolar haqiqatdan yiroq.

    Chunki Kattaqo‘rg‘on tumani tibbiyot birlashmasi tug‘ruq kompleksi bilan Moybuloq oilaviy poliklinikasi o‘rtasidagi masofa 14 kilometrdan ziyodroqni tashkil qiladi. O‘rganishlar natijasida 2018-yil davomida Moybuloq tug‘ruqxonasida amalga oshgan tug‘ruqlar kuniga bittadan ham to‘g‘ri kelmasligi aniqlandi. Tabiiyki bunday holatda, bu yerda tug‘ruqxona bo‘limini saqlab turish o‘zini oqlamaydi.

    Moybuloq tug‘ruq bo‘limida shart-sharoitlar yo‘qligi mutasaddi tashkilotlar tomonidan o‘rganilib, hududda talabga javob bera oladigan qishloq oilaviy poliklinikasi borligi va bu yerda tug‘ruq uchun 4 o‘rinli bo‘lim ajratilishini inobatga olinib, Moybuloq tug‘ruq bo‘limi faoliyati to‘xtatilgan.

    Qolaversa, joriy yilda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi mutaxassislari bir necha marta mazkur hududga borib o‘rganishlar olib bordi. Unda qishloq oilaviy poliklinikasida tug‘ruq uchun yaratilgan sharoit va tez tibbiy yordam brigadalari bilan to‘liq ta’minlanganligi bois bu yerda tug‘ruq yuzasidan biron bir jiddiy muammo aniqlanmagan.

    Bundan tashqari, hozirda Moybuloq hududi bo‘yicha 3 ta tez tibbiy yordam xizmati shoxobchasi tashkil etilgan bo‘lib, tog‘li hududlarda yurishga mo‘ljallangan zamonaviy avtomashinalar bilan ta’minlangan. Hudud aholisi sifatli patronaj xizmati bilan to‘liq qamrab olingan. Bu esa hududdagi aholining tibbiy xizmatdan samarali foydalanish imkonini beradi. Shu bilan birga tuman tibbiyot birlashmasi shifokorlari Moybuloq hududidagi nafaqat homilador ayollar, balki aholini ham muntazam ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib kelmoqda, deyiladi xabarda.

    11.09.2019, 22:27   Izoh (0)   11784
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Abdulaziz Komilov Gruziya tashqi ishlar vaziri bilan ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

    11.09.2019, 22:12

    O‘zbekistonda tadbirkorlarga qog‘ozda ko‘rsatilayotgan barcha davlat xizmatlari elektron ko‘rinishga o‘tkaziladi

    11.09.2019, 22:01

    O‘zbekistonda “o‘rta biznes” toifasi joriy etiladi

    11.09.2019, 21:49

    O‘zbekistonda qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi kamaytiriladi. Prezident Moliya vazirligiga topshiriq berdi

    11.09.2019, 21:42

    “Juda ko‘p elektr energiyasi iste’mol qilyapmiz”. Energetika vazirligi tizimi mutasaddisi iste’mol madaniyati haqida gapirdi

    11.09.2019, 21:08

    MIB xodimlarining bayram kunlari hamda mehnat ta’tilida ham ishlayotgani haqidagi ma’lumot yuzasidan bayonot berdi

    11.09.2019, 20:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shomurodov kelajagi borasida qaror qabul qildi — Romapress

    Sport | 3 iyul, 09:55

    “Kalmar o‘yini”ning uchinchi mavsumi Netflix’da rekord o‘rnatdi

    Kino | 3 iyul, 09:51

    Bali qirg‘oqlari yaqinida 65 kishi bo‘lgan parom cho‘kib ketdi

    Dunyo | 3 iyul, 09:48

    O‘zbekistonda “chiroyli” avtoraqam 800 mln so‘mdan ortiqqa sotildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 09:45

    USAID’ning faoliyati butunlay tugatildi

    Dunyo | 3 iyul, 09:06

    Hansi Flik “Barselona” rahbariyatiga ikki futbolchini “sotilmaydigan” deb e’lon qilgan

    Sport | 3 iyul, 09:03

    AQSH Isroilga bunkerga qarshi bombalar yetkazib bermoqchi

    Dunyo | 3 iyul, 08:34

    O‘zbekistonda avtomobil ta’miri xizmatlariga talab eng yuqori bo‘lgan hudud aniqlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 00:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.