• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Pulni to‘lab qo‘ying, achinmaysiz”. Jahon futbolidagi o‘zini oqlagan 5 ta transfer haqida

    Biz shunday zamonda yashayapmizki, unda Harri Maguayr 90 million yevroga sotiladi. O‘z darvozasiga avtogollar urib qo‘yadigan Kalidu Kulibali esa 200 million yevrodan kam turmaydi. Hozir esa rekord darajadagi transferlarni yodga olmaymiz. Aksincha, dunyo futbolida mo‘maygina pul sarflangan, shu bilan o‘zini oqlagan futbolchilar transferi haqida biroz mulohaza yuritamiz.

    Qayd etish joiz, biz ham vaqtida ularni sotib olgan klublarni ortiqcha pul sarflaganlikda ayblab qo‘yganmiz. Afv etgaysiz, aziz muxlis!

    Virjil van Deyk: “Sauthempton”dan “Liverpul”ga, 2018-yil — 75 million funt

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    2018-yilda “Liverpul” dunyo futbol ahlini o‘ziga xos bo‘lmagan transfer bilan hayratga soldi. Mersisayd klubi himoyachi Virjil van Deyk uchun 75 million funt to‘ladi. Ahmoqona pul sarflash bo‘lganmidi? Ko‘pchilik kutgandek bo‘lmadi. 1 yil o‘tib, “Liverpul” qoyilmaqom transferni amalga oshirgani ma’lum bo‘ldi. Niderlandiyalik futbolchi “qizillar” himoyasini shunchaki kuchaytirib qolmadi, balki uni butkul o‘zgartirishga erishdi. Jamoa u kelgunga qadar 2016/17-yilgi mavsum 42 ta gol o‘tkazgan bo‘lsa, Oradan bir yil o‘tib, jamoa bitta o‘yinda o‘rtacha 1,21 ta gol o‘tkazdi. 2018/19-yilgi mavsum esa ushbu raqamlar 0,66 foiz ko‘rsatkichiga tushdi. Jamoa butun mavsum davomida atigi 22 ta gol o‘tkazdi va APL tarixidagi eng yaxshi ikkinchi ko‘rsatkichni qayd etdi. Bularning hammasiga esa Virjil van Deyk boshchiligidagi himoyachilar va braziliyalik posbon Alisson sababchi bo‘lgani rad etib bo‘lmas faktga aylandi.

    Didye Drogba: “Marsel”dan “Chelsi”ga, 2004-yil — 24 million funt

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Joze Mourinyo “Chelsi”da ishlagan futbolchilari bilan keyinchalik ham birgalikda faoliyat olib borgan. Masalan — Rikardu Karvalyu. U bilan Joze uchta klubda birga ishlagan. Ammo Jozening eng omadli transferlaridan biri, shubhasiz, Drobga bo‘lgan. Portugaliyalik murabbiy kimni sotib olayotganini yaxshi bilgan va shu narsa klub xo‘jayini Roman Abramovichga ham tushuntira olgan. U shu yo‘sinda ish tutgan: “Janob Abramovich, pulni to‘lang va oshiqcha gapirmang”. Ammo Roman Abramovich murabbiyning o‘sha vaqtda haqligini qabul qilish oson kechmagan. Boisi 24 million funt o‘sha vaqtda katta pul edi. Drogba esa 1 yil oldin atigi 3,3 million funtga baholanar edi. “Marsel” ivuarlik futbolchini sotishni istamayotgan, ularga rad etib bo‘lmaydigan taklif berish kerak edi. “Chelsi” esa 24 million funtni qurtdek sanab berdi va xato qilmadi. Didye klubda 9 mavsumni o‘tkazdi va jamoaning haqiqiy yetakchisiga aylandi.

    Dani Alvesh: “Sevilya”dan “Barselona”ga, 2008-yil — 28,5 million funt

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Avvaliga Dani Alveshning transferi 23,5 million funt edi. Ammo “Barselona” agar Alvesh klubda muvaffaqiyatli to‘p surib ketadigan bo‘lsa, “Sevilya”ga yana 5 million berishga va’da berdi. Alvesh esa Kataloniya klubi bilan birga 16 ta sovringa ega chiqdi. Transferdan esa ikkala klub ham birdek xursand bo‘ldi. O‘z vaqtida The Telegraph nashri futbolchining “Manchester Yunayted” hamda “Chelsi” taklifini rad etgani va transfer summasi haddan tashqari yuqori bo‘lganini tanqid ostiga olgandi. Ammo Dani o‘z transferini ortig‘i bilan oqladi. Ko‘pchilik shundan so‘ng ushbu transferga bosh-qosh bo‘lgan Xosep Gvardiolani ayblashga ham botina olmadi.

    Yaya Ture: “Barselona”dan “Manchester Siti”, 2010-yil — 24 million funt

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Ivuarlik — “Siti” safida haftasiga 200 ming funt oladigan o‘rtacha darajadagi o‘yinchi. U gol uradimi? Yo‘q. Vaziyatlar yaratadimi? Yo‘q. Yaxshi yarim himoyachimi? Ha, ammo de Yong, Viyeyra va Barrining o‘zi klubga yetadi” — degan endi vaqtida taniqli futbol eksperti Pol Merson. U hatto ushbu transferga 2 baho qo‘ygandi. Hozir esa Ture “Siti” tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biri sifatida yodga olinadi.

    Kevin de Bryuyne: “Volfsburg”dan “Manchester Siti”ga, 2015-yil — 55 mln funt

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Belgiyalik transferi amalga oshirilgan vaqtda ham Pol Merson yana diqqat markazida bo‘ldi. Bu safar u Jeff Stelling hamda Fil Tompsonlar bilan.

    Fil: “De Bryuyne… Yo xudoyim, Jeff. Dunyo aqldan ozmoqda. Bunday narx evaziga ushbu futbolchini sotib olish o‘ta ketgan aqlsizlik. U yaxshi o‘yinchi, ammo buyuk emas-ku! “Volfsburg” — yaxshi jamoa, ammo jin ursin…”.

    Jeff: “Merson, Mourinyo uni bekorga qo‘yib yubormagandir-a?”

    Merson: “Hatto bunday deb o‘ylamayman ham. U “Chelsi”da nimagadir erishishi katta ehtimol edi. Uning 50 million funt turishiga ham ishonmayman. Nahotki, shuncha pul ingliz futbolida o‘zini ko‘rsata olmagan bola uchun to‘langan bo‘lsa?”.

    Kevin keyin va hozir nimalar qilib tashlayotganini esa ko‘pchilik hayrat bilan kuzatishda davom etmoqda. Hatto Merson ham.

    FourFourTwo materiali asosida Asror Abdunazarov tayyorladi.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling

    09.09.2019, 15:56   Izoh (0)   33613
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rafael Nadal besh soat davom etgan US Open finalida rossiyalik tennischini yengdi

    09.09.2019, 14:21

    Ektor Kuper jamoasi Iroq bilan o‘ynaydi, Drulovich shogirdlari esa Eronga qarshi maydonga tushadi

    09.09.2019, 11:32

    Jahon chempionati janglariga qur’a tashlandi. O‘zbekistonlik bokschilarning raqiblari ma’lum

    09.09.2019, 11:02

    Fotomaqola: JCh—2022 ning qurib bitkazilgan ilk stadioni — “Al-Janub”. U qatarliklarga yarim milliard dollardan ortiqqa tushdi

    09.09.2019, 10:39

    FIFA kunlari doirasida “Barselona” bir yo‘la ikki futbolchisidan ayrildi

    08.09.2019, 23:34

    “Yuventus” va “Inter” ko‘z tikkan hujumchi 80 mln yevroga baholandi

    08.09.2019, 22:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” 9 kishi bo‘lib “Bavariya”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 23:06

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.