Avstraliyada 8 nafar do‘st qariyb 10 yil davomida har doim bir xil tartibdagi sonlardan foydalanib lotereyada yutdi, deb yozmoqda “Korrespondent.net”.
Ma’lum bo‘lishicha, ular pul tashashib lotereya chiptalarini sotib olishni 10 yil avval boshlagan. Shu davr mobaynida ular turli davlatlarda bo‘lgan, lekin bu an’anani qoldirmagan.
Bunda ular doim 9, 23, 35, 6, 28, 24, 38 va 29 sonlaridan foydalangan. Yaqinda ularning astoydil urinishlari 996 ming Avstraliya dollari miqdorida yutuq keltirgan.
Ular 10 yil davomida chipta sotib olishga qancha pul sarflaganini ma’lum qilinmagan.
Izoh (0)