Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“O‘zbek milliy raqs san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori loyihasi tayyorlandi.

Foto: “Jahon” AA

Foto: “Jahon” AA

“Ta’kidlash joizki, nafaqat mamlakatimizda, balki dunyoda mashhur bo‘lgan Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi ‘Bahor’ ansamblining raqslaridagi harakatlar bir-biriga mosligi, uyg‘unligi va betakrorligi bilan inson ruhiyatiga ma’naviy mazmun baxsh etib, o‘zbek milliy raqs san’ati rivojlanish tarixida yangi sahifani ochib bergan edi. Biroq so‘nggi yillarda adabiy-badiiy jarayonlarda salbiy tendensiyalarning paydo bo‘lgani, xususan, madaniyat sohasida tijoratlashuv kuchayib borayotgani oqibatida ‘Bahor’ ansamblining ijodiy faoliyati to‘xtab qoldi”, — deyilgan hujjatda.

Loyihada Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining davlat muassasasi shaklida Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli faoliyatini tashkil etish haqidagi taklifi ma’qullash taklif etilgan.

Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli faoliyatini tashkil etishga doir “yo‘l xaritasi”ni amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruh tarkibi, “yo‘l xaritasi” va “Bahor” davlat raqs ansamblining tarkibiy tuzilmasi hujjatga ilova qilingan.

Qaror loyihasida davlat raqs ansambli 2025-yilgacha barcha soliq to‘lovlaridan ozod etish, ansamblga 4 ta yengil avtomobil, 2 ta katta sig‘imli avtobus va 1 ta yuk avtomashinasini xarid qilish uchun mablag‘lar ajratish vazifalari bayon etilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Mashina olib berishni vaʼda qilib, 248 kishini 12 mlrd so‘mga chuv tushirgan firibgarlarga hukm o‘qildi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi xonadonda iftorlik qildi (video)
Dunyo
Blinken AQSH fuqarolarini zudlik bilan Rossiyani tark etishga chaqirdi