• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda qo‘shimcha kvota asosida pullik to‘lov orqali maktabga joylashtirish tartibi bekor qilinmoqda

    Bolalarni maktabga qabul jarayonini yanada takomillashtirish, jumladan, ixtiyoriy pullik to‘lovni butunlay bekor qilish bo‘yicha takliflar muhokamaga qo‘yildi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

    Foto: “PV”

    Foto: “PV”

    Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi qarori bilan “Bolalarni davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti” tasdiqlangan. Ma’muriy reglament ijtimoiy tarmoqlar, ommaviy axborot vositalari, internet tarmog‘i hamda jamoatchilik orasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi.

    Ushbu ma’muriy reglamentga muvofiq, joriy yil 21-iyunidan boshlab Toshkent shahrining 81 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi 1-sinfiga bolalarni davlat xizmatlari markazi orqali qabul qilish jarayonlari boshlandi. Shu kunga qadar 3330 nafar bola biriktirilgan mikrohudud doirasida ushbu umumta’lim maktablariga tegishli yo‘llanmalar asosida korrupsiyasiz qabul qilindi.

    Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda ma’muriy reglamentni o‘zgartirish yuzasidan ko‘plab taklif va mulohazalar bildirilmoqda.

    Mazkur takliflar asosida Xalq ta’limi vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda ma’muriy reglamentga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida qaror loyihasini tayyorladi. Ushbu loyiha keng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilmoqda.

    Ma’muriy reglamentga quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.

    Qo‘shimcha kvota quyidagilarga ajratilishi belgilanmoqda:

    mikrohududda doimiy propiska asosida yashayotgan fuqarolarning tegishli yilning 1-sentabriga qadar 6 yoshga to‘ladigan bolalarga;

    umumiy o‘rta ta’lim muassasasida faoliyat yurituvchi pedagog va xodimlar farzandlariga;akasi yoki opasi mazkur umumiy o‘rta ta’lim muassasasida ta’lim olayotgan oilalarning maktab yoshiga yetgan farzandlariga;

    umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga biriktirilgan mikrohududda istiqomat qilayotgan harbiy xizmatchilarning farzandlariga.

    Amaldagi ma’muriy reglamentda ota-onalarning ixtiyoriy roziligi asosida eng kam ish haqining 10 baravari miqdorida to‘lovni amalga oshirganidan so‘ng quyidagilar uchun qo‘shimcha kvota ajratilishi belgilangan:

    mikrohududdan tashqarida istiqomat qilayotgan maktab yoshidagi bolalar;

    mikrohudud va mikrohududdan tashqari maktab yoshiga yetmagan, ya’ni tegishli yilning 1-yanvaridan 31-avgustiga qadar 7 yoshga to‘lmaydigan bolalar;

    umumta’lim muassasalarida (mikrohudud va mikrohududdan tashqari) ta’lim berish tili bo‘yicha boshlang‘ich bilim (muloqot qilish) ko‘nikmasiga ega bo‘lmagan bolalar uchun ariza beruvchilarning ixtiyoriy roziligi asosida yig‘im undiriladi.

    Bundan tashqari, ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari uchun to‘lov miqdori hamda qo‘shimcha kvota bo‘yicha ota-onalarning ixtiyoriy roziligi hamda kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadigan to‘lov bekor qilinmoqda.

    Qo‘shimcha kvota asosida ota-onalarning ixtiyoriy roziligi bilan pullik to‘lov orqali maktabga joylashtirish tartibi bekor qilinmoqda. Ya’ni bu o‘zgartirishlar kuchga kirsa, qo‘shimcha bir marotabalik to‘lov orqali mikrohududidan tashqaridan o‘quvchini joylashtirish imkoniyati umuman yo‘q bo‘ladi.

    Qo‘shimcha kvota yuqorida ta’kidlangan toifadagi shaxslar uchun belgilanmoqda.

    Qaror loyihasi bo‘yicha jamoatchilik muhokamasi joriy yilning 5-avgustiga qadar davom etadi.

    21.07.2019, 20:45   Izoh (0)   23351
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandda 4 nafar farzandiga aliment to‘lashdan bosh tortgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    21.07.2019, 20:30

    Buxoroda “Qovun sayli” boshlandi (foto)

    21.07.2019, 20:30

    O‘zbekiston elchixonasi vakillari Samarada zaharlangan 69 nafar fuqarodan xabar oldi

    21.07.2019, 18:15

    Samarqandda jiyaniga nisbatan uyatsiz va buzuq harakatlar qilgan, kelinini pichoqlagan shaxs qidirilmoqda

    21.07.2019, 18:00

    22-iyul kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

    21.07.2019, 17:45

    Toshkentda buzib tashlanayotgan garajlar yoxud Anhor sohilbo‘yi ko‘chasi aholisi nimadan norozi?

    21.07.2019, 17:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” 9 kishi bo‘lib “Bavariya”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 23:06

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.