Iordaniya qirolichasi Raniya
Raniya 1970-yilda oddiy oilada dunyoga kelgan. Uning turmush o‘rtog‘i Abdulloh II bilan qirolning qarindoshlariga tegishli bo‘lgan bir firmada ishlash uchun kelganida tanishib qolgan. Sevishganlar 1993-yilda oila qurdi. Turmush o‘rtog‘i Iordaniya taxtini egallagach, u ham 29 yoshida qirolicha deb tan olingan. Hozir ularning to‘rt nafar farzandi bor.
Raniya ayollarning huquqlarini himoya qiluvchi dunyodagi eng mashhur va go‘zal qirolicha hisoblanadi. U ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish huquqiga ham ega. Instagram tarmog‘ida 5 milliondan ortiq foydalanuvchi uning postlarini kuzatib boradi.Iordaniya malikasi Hayya Bint al Huseyn
Saudiya Arabistoni malikasi Amira al-Tavil
Malika Amira al-Tavil 1983-yilda tavallud topgan. U 18 yoshida sobiq Saudiya Arabistoni qirolining jiyani shahzoda al-Valid ibn Talalga turmushga chiqqan. Amira bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan talabaligida, jurnalistlik topshirig‘ini bajarayotganda tanishib qolgan. U oilali bo‘lgandan keyin ham o‘z qiziqishlarini tashlab qo‘ymadi, xayriya ishlari bilan faol shug‘ullana boshladi. Ochlik, qashshoqlik bilan kurashishdan, Sharq ayolining haq-huquqlarini himoya qilishdan charchamadi.
Bundan tashqari Amira jamoat joylarida an’anaviy arab ayollari kiyadigan hijobni rad etgan ilk malikalardan biridir. Uning mashina haydashi ham qirollik oilasiga yoqmagan. Shu sababli Amira 2013-yilda shahzoda bilan ajrashgan. Biroq arab xalqi uni hamon Saudiya Arabiston malikasi deb hisoblaydi.
Saudiya Arabistonining malikasi Fotima
Iordaniya malikasi Nur
Nur 1951-yilda AQShda tug‘ilgan. U turmush o‘rtog‘i bo‘lgan Iordaniya qiroli Xusayn Ibn Talal uchun Islom dinini qabul qildi va Amerika fuqaroligidan voz kechdi. Ular 1978-yilda oila qurishgan. Er-xotinlar 20 yil davomida baxtli hayot kechirgan. Qirol jiddiy kasallikdan vafot etgandan so‘ng, uning o‘g‘li Abdulloh II taxtni egallagan.
Izoh (0)