Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Real” Garet Beyl transferi uchun 80 million yevrolik takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.

Foto: Google Images

Foto: Google Images

ESPN’ning klubdagi manbasiga tayanib xabar berishicha, futbolchi transferi borasida hech qaysi bir klub madridliklarga rasmiy taklif bilan chiqmagan. Uelslikning o‘zi ham Madridda qolmoqchi.

“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan esa Beylni rejasiga kiritmagan. Biroq 30 yoshli hujumchi jamoani tark etish niyati yo‘q, Beyl klub prezidenti Florentino Peres uni qo‘llab-quvvatlashini xohlamoqda.

Ma’lumot uchun, hujumchi “Real”da yiliga 17 million yevro ishlab topadi va uning klub bilan tuzgan shartnomasi yana 3 yil amal qiladi. Shu sababli vaziyat murakkablashgan.

Avvalroq futbolchini “Tottenhem” 60 million yevro evaziga ortga qaytarishga tayyorligi haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Beyl 2018/19-yilgi mavsum Ispaniya chempionatida 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda 2 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi
Mahalliy
Toshkentda avtobusning yurgan masofasiga qarab to‘lov qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi
Mahalliy
Aholining valyuta ayirboshlashga yoʻnaltirgan pul mablagʻlari hajmi 68 foizga oʻsdi — Markaziy bank