16-iyul kuni Toshkentdan Andijonga yo‘lga chiqqan poyezd bir soat to‘xtab qolgan. Bu haqda China-Uzbekistan kanali xabar bermoqda.

Foto: Telegram / China-Uzbekistan

“Endi, o‘rtoqlar, maboda adashib O‘zbekistonning ichki poyezdlariga chiqadigan bo‘lsangiz 100 marta o‘ylab, keyin bu fikrdan qayting! Toshkent—Andijon yo‘nalishidagi poyezd to‘xtab nimanidir kutib turibmiz. Poyezdda yursa-yurmasa konditsioner ishlamaydi. Odamlar “shashlik” bo‘lyapti.

Izoh so‘rasak “Elektrovoz blokka tushgan”, “napryajeniye“ degan javobni olyapmiz”, — deyiladi xabarda.

Foto: Telegram / China-Uzbekistan

“Poyezdimiz yurdi. 1 soat turdik. Yurganimizga shukrki, boshqa davlatda bo‘lganimizda “huquqlarimiz buzildi” deb ovoza qilar edim. Lekin foydasi yo‘q!” — deya qo‘shimcha qilingan keyinroq.

Foto: Telegram / China-Uzbekistan

“Aytgancha, turgan vaqtimizdan vagon kuzatuvchilari xizmatda. Rahmat! Qo‘pol gapirib, baqirib berishsa ham hech narsa qila olmasdik. Shu tarafdan “ temir yo‘llar”ga 5 baho. Yaxshi ishchi yoshlarni ishga olishgan. Tekinga suv tarqatildi”, — deyiladi xabarda.