Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Hukumat qarori bilan Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmati to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qarorda belgilanishicha, Ichki ishlar vazirligining Qo‘riqlash bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari Milliy gvardiyaga o‘tkazilgan.

Nizomga muvofiq, qo‘riqlash xizmatining asosiy vazifasi shartnoma asosida davlat obyektlarini, o‘ta muhim, toifalangan va boshqa obyektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulklarini qo‘riqlashni ta’minlash hisoblanadi.

Qo‘riqlash xizmati uchun narx davlat budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar uchun Moliya vazirligi bilan kelishib, boshqa tashkilotlar uchun Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan mustaqil belgilanadi.

Nizom bilan Qo‘riqlash xizmatining majburiyatlari va huquqlari, naryadlarning faoliyatini tashkil etish, xodimlarning javobgarligi belgilab berildi.

Xususan, Qo‘riqlash xizmati xodimi davlat organi vakili hisoblanadi va davlat himoyasi ostida bo‘ladi.

Qo‘riqlash xizmati xodimi xizmat vazifasini bajarishda faqat bevosita yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshlig‘iga (komandiriga) va mas’ul navbatchiga bo‘ysunadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash xalqaro hamjamiyatning umumiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi kerak” — Vladimir Norov
Mahalliy
Foto: Dubay—Namangan—Dubay yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi