AQSh prezidenti Donald Trampning qizi Ivanka Tramp Osakadagi G20 sammitiga tashrif buyurganidan so‘ng internet-memga aylandi. Ijtimoiy tarmoqlarda aynan unga o‘rin yo‘q holatlar tasvirlangan eng muhim tarixiy voqealar ishtirokchisi qilib ko‘rsatilgan. Quyida ana shu memlardan namunalar keltirildi.

Foto: Twitter

Ivanka Tramp 1945-yilda Yaltada o‘tkazilgan konferensiyada Cherchill, Ruzvelt va Stalinga assistentlik qilmoqda. Jahon yetakchilari bundan norozi.

Ivanka Tramp Mixail Gorbachyov va Ronald Reyganning 1985-yilda Jenevadagi uchrashuvida.

Olim Albert Eynshteyn, sandaliy sotuvchisi Devid Rotman va bu yerda ortiqcha bo‘lgan Ivanka Tramp — 1939-yil.

Osmono‘par binodagi tushlik. 1932-yil. Ivanka Tramp esa bu yerga adashib kelib qolgan. Bu “Tramp minorasi” emas.

Ivanka Tramp “Missuri” linkori bortida Yaponiya kapitulyatsiyasini qabul qilmoqda. 1945-yil 2-sentabr.

Amerika gotikasi. Oyna ortida oq kiyimdagi Ivanka Tramp.