Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Kulol va Xurmacha” filmidagi Xurmacha roli bilan muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan aktyor va rejissor Abror Tursunov “Daryo” internet nashriga eksklyuziv intervyu berdi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad hamda jurnalist va teleboshlovchi Shohira Hamro tashkillashtirdi.

Aktyor suhbat davomida so‘nggi uch yilda og‘ir dard bilan kurashayotgan bo‘lsa-da, “Ibratli rivoyatlar” deb nomlangan film suratga olgani haqida gapirib berdi.

‘Ibratli rivoyatlar’ deb nomlangan badiiy filmni suratga oldim. Filmda Rixsi Ibrohimova, Rajab Adashev, Saidkomil Umarov singari o‘ttizdan ortiq aktyor-aktrisalar jamoasi jamlangan.

Ushbu kartinaning ssenariy muallifi ham, rejissori ham, operatori ham o‘zim bo‘ldim. Eng so‘nggi o‘ynagan rolim ham aynan shu filmda bo‘ldi.

Oltita rivoyatdan iborat mazkur filmda bir rivoyatda rol ijro etgan aktyor, boshqa rivoyatda rol ijro etmagan. Maqsadim kinoni yoshlar ko‘rsa, ularga yetib borsa deyman. Yashashimdan maqsadim ham aslida shu.

Shu ahvolimda ham, shu yoshimda ham ikkita film suratga olmoqchiman. Birinchisi fantastik janrda, ikkinchisi melodrama janrida.

Abror Tursunov, aktyor va rejissor

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Qozog‘iston poytaxtida namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istonda YPX xodimi radar o‘rnatilgan mashinasida taksichilik qilgani aytilmoqda (video)
Sport
Iskandarov — eng yaxshi futbolchi, Kapadze — eng yaxshi murabbiy. O‘zbek futbolida 2022-yilning eng yaxshilari aniqlangan marosimdan fotoreportaj