AQShning sobiq birinchi xonimi Jaklin Kennedining qizi Kerolayn o‘ziga tegishli ko‘chmas mulkni sotuvga qo‘ydi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: “Korrespondent.net”

CNN telekanalining ma’lum qilishicha, Kennedilarning uch avlodi o‘sib-ulg‘aygan uy 65 million dollarga sotilmoqda. Jaklin Kennedi mazkur uyni 1979-yilda bir million dollar evaziga xarid qilgan.

Ko‘chmas mulkning maydoni 1900 metr kvadratdan ortiqqa teng.

“Bundan qirq yil oldin onam ‘Qizil darvoza’ fermasini birinchi bor ko‘rganida, uni sevib qolgan. Adirliklar, ko‘llar va yalangliklar unga tabiatga, oila va kitoblarga bo‘lgan muhabbatini umumlashtirgan o‘z olamini yaratish imkonini bergan”, — deydi Kerolayn Kennedi.

Kerolayn o‘z qarorini Jaklinning nevaralari ulg‘aygani va oilasi oldinga qarab ketishi kerakligi bilan izohlagan.