Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Vladimir Putin Rossiyada oligarxlar yo‘qligini ma’lum qildi. Bu haqda Putin Financial Times gazetasiga bergan intervyusiga to‘xtalib o‘tgan, deb xabar beradi “TASS”.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

“Endilikda bizda oligarxlar yo‘q. Oligarxlar bu — katta daromad olish uchun o‘zining hukumatga yaqinligidan foydalanadiganlar. Bizda xususiy va davlat ulushi mavjud yirik kompaniyalar bor. Lekin hukumatga qandaydir yaqinligi sabab imtiyozlardan foydalanadigan kompaniyalarni bilmayman, bizda unaqasi deyarli yo‘q”, — deydi Rossiya rahbari.

Rossiya Markaziy banki tomonidan moliya tizimi bo‘yicha o‘tkazilayotgan siyosatdan ko‘plab oligarxlar nozori ekanligini aytgan Financial Times jurnalistiga Vladimir Putin gap bu yerda oligarxlar yoki yirik kompaniyalarda emasligini, balki samarasiz yoki yarim jinoiy kredit tashkilotlar omonatchilarning manfaatlariga ta’sir ko‘rsatayotganini bildirdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?
Dunyo
Twitter ofisida xodimlar uchun karavotlar paydo bo‘ldi, Ilon Mask avvalroq me’yoridan ortiqcha ish bo‘lishi haqida ogohlantirgandi
Mahalliy
Xorazmda ikki kishi is gazidan vafot etdi