Germaniyaning Kassel okrugi ma’mumiy boshqarmasi boshlig‘i Valter Lyubkeni o‘ldirishda gumonlangan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi, deb xabar beradi Meduza.
Angela Merkelning Xristian-demokratlar ittifoqi partiyasiga a’zo bo‘lgan Valter Lyubke 2-iyun kuni o‘z uyida otib ketilgan edi. 15-iyun kuni qotillikda gumonlanib 45 yoshli Shtefan Ernst ismli shaxs qo‘lga olingan. Ekspertiza natijalariga ko‘ra, uning DNKsi Lyubkening kiyimidan topilgan namunalarga mos kelgan.
25-iyun kuni Ernst o‘z aybini tan olgan. Yangi qo‘lga olinganlar esa qotilga qurol sotish bo‘yicha gumonlanmoqda. Sotsiolog Mattias Kventning so‘zlariga qaraganda, mazkur holat 1945-yildan buyon ekstremistlar tomonidan amaldorning birinchi bor o‘ldirilishi hisoblanadi.
Valter Lyubke 2015-yilning kuzida ommaviy ravishda muhojirlar uchun “ochiq eshiklar” siyosatini qo‘llab-quvvatlagani bilan mashhurlikka erishgan edi.
Izoh (0)